Molotov-Ribbentrop paktiga 85 yil: sovetlar nega hitlerçilar bilan hamkorlik qilgandi?
|21:28 / 23.08.202414 91718 min
1939 yil 23 avgust kuni Moskvada Germaniya va SSSR örtasida “Özaro hujum qilmaslik haqida” şartnoma imzolanadi. “Molotov-Ribbentrop pakti” deb atalgan bu şartnomaning maxfiy qismida tomonlar Şarqiy Yevropani birgalikda bosib oliş haqida kelişib olgandi.
Sovetlar bu maxfiy kelişuvni 1980-yillarning oxirigaça tan olmaydi. Faqat 1989 yilga kelib SSSR oliy soveti şartnomani Stalin va uning atrofidagilari imzolanganini, u sovet xalqining xohiş-istaklarini ifodalamasligini ma’lum qiladi.
Ikkinçi jahon uruşining asosiy ğolibi bölgan SSSR bu uruş bilan boğliq tarixni özi xohlaganiday turli yolğonlar bilan talqin qilgan. Maktablarda, oliy ta’limda öşa yolğonlar öqitilgan, ilmiy işlar yozilgan.
Ana şu yolğonlardan biri SSSR Ikkinçi jahon uruşiga 1941 yil 22 iyunda Hitler Germaniyasi sovet ittifoqiga bostirib kirganidan keyin qöşilgani haqidagi gaplar. Aslida esa sovetlar bu uruşga Germaniya bilan imzolangan maxfiy kelişuvga muvofiq 1939 yil 17 sentabr kuni qöşilgan edi.
1939 yil 23 avgust kuni Moskvada Germaniya va sovet ittifoqi örtasida özaro hujum qilmaslik haqida şartnoma imzolanadi.
Imzolangan şartnomaning maxfiy qismi ham bor edi va unda tomonlar Şarqiy Yevropani özaro taqsimlab olişni kelişib olişgandi. Qöyida ana şu şartnoma tarixini eslab ötamiz.
Hitlerning hokimiyatga kelişi va natsistik ğoyalar tarğiboti
1933 yilda Germaniyada hokimiyat tepasiga nemis milliy-sotsialistik işçilar partiyasi vakili Adolf Hitler keladi. Oradan bir yil ötib Hitler özini fyurer deb e’lon qiladi va mamlakat qurolli kuçlari boş qömondoniga aylanadi. Şundan söng Germaniya zör berib qurollana boşlaydi.
Hitler hokimiyat tepasida mustahkam örnaşib olgaç Germaniya aholisi orasida natsizmni tarğib qiliş avj oladi. U ilgari surgan ideologiyaga köra nemislar oliy irq hisoblanadi. Boşqa millatlar ularga tobe bölişi va xizmat qilişi lozim.
1936 yildan boşlab Germaniya öz qöşnilari Polşa, Çexoslovakiya va Avstriya kabi davlatlarga hududiy da’volar bilan çiqadi. 1938 yilga borib nemis qöşinlari Avstriyani bosib oladi va uning Germaniyaga qöşilgani e’lon qilinadi.
Biroz ötib Çexoslovakiyaning asosan nemislar yaşaydigan Sudet viloyati bosib olinadi. Keyinroq 1939 yil mart oyida nemislar Çexoslovakiyani bir neçta yarimvassal hududlarga bölib taşlaydi.
1939 yil yozda Germaniya Şarqiy Yevropa davlatlarini bosib olişga tayyorgarlik köra boşlaydi. Biroq bu uçun nemislarga jiddiy qöllov kerak edi.
Mavzuga oid
Öşa paytda Germaniya taşqi işlar vazirligi Fransiya va Buyuk Britaniya hukumati bilan muzokaralar olib boradi. Ammo ular Germaniyaning bosqinçilik siyosatiga mutlaqo qarşi çiqadi.
Şundan söng nemislar SSSR bilan muzokara boşlaydi. Muzokaralar davomida ma’lum böladiki, sovetlar Şarqiy Yevropadagi öziga qöşni bölgan davlatlarning ma’lum bir hududlarini bosib oliş evaziga, nemislarning bosqinçilik siyosatiga qarşi emas.
Molotov-Ribbentrop pakti
1939 yil 23 avgust kuni Germaniya taşqi işlar vaziri Ioaxim fon Ribbentrop Moskvaga uçib keladi. U Kremlda Stalin va SSSR taşqi işlar xalq komissari Molotov bilan uçraşadi.
Stalin, Molotov va Ribbentrop iştirokida ötkazilgan marosimda Germaniya va SSSR örtasida “Özaro hujum qilmaslik haqida”gi şartnoma imzolanadi. Bu şartnoma tarixda “Molotov-Ribbentrop pakti” deb nom olgan.
Şartnoma imzolangan zahoti Ribbentrop Hitlerga “kelişuv muvaffaqiyatli yakunlangani” haqida yozib yuboradi.
Şartnomaning e’lon qilingan qismida qöyidagi muhim bandlar bor edi:
1-modda. Tomonlar bir-biriga qarşi tajovuz qilmaslik;
2-modda. Boşqa bir davlat tomonlardan biriga hujum qilganda ikkinçisi uni qöllamaslik;
4-modda. Tomonlardan biri ikkinçisiga qarşi tuzilgan ittifoqqa kirmaslik;
5-modda. Tomonlar özaro nizolarni tinç yöl bilan hal qiliş majburiyatlarini oladi.
Şartnomaning boşqa moddalarida iqtisodiy va texnik hamkorlik masalalari belgilanadi.
Şartnomani imzolaş paytida Molotov va Ribbentropning yonida Stalin va yana bir qança sovet mulozimlari bölgan. Ribbentropning yonida yordamçisi Andor Henke, Germaniyaning SSSRdagi elçisi Verner Şulenburg va tarjimon bölgan.
Keyinçalik, Henkening eslaşiça, şartnoma imzolaş jarayoniga sovet jurnalistlari qöyilmagan. Ribentropning xohişi bilan bir neça nafar nemis jurnalistlari kiritilgan.
Şartnoma imzolangandan söng Ribbentrop şarafiga ziyofat beriladi. Unda Stalin va Molotov navbati bilan nemis xalqi şa’niga maqtov yoğdirişadi va “hurmatli mehmon” şarafiga qadah kötarişni taklif etadi.
Ziyofat oxirida Stalin Ribbertropga SSSR şartnoma şartlariga amal qilişga jiddiy qaraşini ta’kidlaydi va “Söz beraman, sovet ittifoqi öz hamkorlarini sotmaydi”, deydi.
Oradan bir hafta ötib, 1939 yil 31 avgust kuni şartnoma SSSR oliy kengaşi tomonidan ratifikatsiya qilinadi. Buni kutib turgan nemislar ertasi kuni Polşaga hujum boşlaydi.
Ğarb davlatlarining şartnomaga munosabati
Molotov-Ribbentrop pakti imzolangaç SSSR Germaniyaga köp miqdorda neft va boşqa mahsulotlar jönata boşlaydi. Bu nemislarning Polşaga bostirib kirişi ortidan Germaniyaga qarşi uruş e’lon qilgan Fransiya hamda Britaniya manfaatlariga zid edi.
Şu sababli ular şartnomaning iqtisodiy hamkorlik haqidagi bandlariga e’tiroz bildirişadi va SSSRni Hitlerni oçiqdan oçiq qöllayotganlikda ayblab çiqişadi.
SSSR Germaniya bilan birga Şarqiy Yevropa davlatlarini bosib olgaç, Fransiya va Britaniyaning sovetlar bilan özaro aloqalari juda yomon körinişga keladi.
Ammo SSSR rahbariyati ularning tanqidlariga javoban 1917 yil oktyabr töntarişigaça Rossiyaga tegişli bölgan yerlarni qaytarib olayotganini aytadi.
Molotov-Ribbentrop paktining maxfiy qismi
Germaniya özaro hujum qilmaslik haqidagi şartnomani Polşa bilan 1934 yilda, Britaniya va Fransiya bilan 1938 yilda, Latviya, Litva, Estoniya bilan 1939 yilda imzolagan edi.
Ammo SSSR bilan imzolangan şartnomada yuqoridagi davlatlar bilan imzolangan şartnomalardan farqli ravişda maxfiy kelişuv (protokol) ham bor edi.
Keyinçalik, Stalinning tarjimoni sifatida şartnoma imzolaş marosimida qatnaşgan Vladimir Pavlov şunday eslagandi:
“Muzokaralar boşlanganda Stalin “Bu şartnomada qöşimça kelişuvlar bölişi kerak va u heç qayerda e’lon qilinmasligi lozim”, dedi”.
Molotov va Ribbentrop tomonidan imzolangan şartnomaning maxfiy qismida har ikki davlat özaro hujum qilmaslik haqidagi kelişuvdan taşqari Şarqiy Yevropadagi davlatlarni bölib olişi ham belgilangandi.
Öşa paytda şartnomaning asosiy qismi e’lon qilinadi, maxfiy qismi esa sir saqlanadi. Şartnomaning e’lon qilinmagan qismida Şarqiy Yevropadagi davlatlarning qaysi hududi kimga tegişi belgilangan edi.
Jumladan, Boltiqböyi davlatlari töliq, Polşa, Ruminiya, Vengriya va Çexoslovakiyaning şarqiy qismi SSSRga, qolgan qismi Germaniyaga tegişi kerak edi.
Voqealarning rivoji şartnomada kelişilganday davom ettiriladi. Jumladan, «Molotov-Ribbentrop pakti» imzolanganidan qariyb 10 kun ötib, 1939 yil 1 sentabr kuni Germaniya Polşaga hujum qiladi.
Oradan ikki yarim hafta ötib 17 sentabr kuni Polşaga şarqdan sovet armiyasi ham bostirib kiradi va 1939 yil 5 oktyabrgaça bu davlatning qariyb yarmini (45 foiz hududini) bosib oladi. Qolgan qismini Germaniya egallaydi. Şu tariqa dunyo xaritasidan mustaqil bir davlat yöq böladi.
Polşa bosib olingaç, SSSR va Germaniya çegaradoş bölib qoladi. Şundan söng 1939 yilning 28 sentabrda “SSSR bilan Germaniya örtasidagi döstlik va çegaralar haqida german-sovet şartnomasi” imzolanadi.
Sovetlar tomonidan unga ham Molotov imzo qöyadi va şartnomada Germaniya hamda SSSR örtasidagi çegaralar aniq belgilab olinadi.
1939 yil kuzda sovet armiyasi Çexoslovakiya tarkibida bölgan Podkarpat ölkasiga bostirib kiradi va uni öz tarkibiga qöşib oladi. Şuningdek, Ruminiyadan Bessarabiya tortib olinib, SSSR tarkibida Moldaviya SSR tuziladi.
Şuningdek, 1939 yil 29 noyabr kuni Sovet armiyasi Finlandiyaga bostirib kiradi. Qahraton qişda olib borilgan janglarda Finlandiya armiyasi va fin xalqidan taşkil topgan partizanlar sovet qöşinlariga juda katta talafot yetkazadi.
Oqibatda, uruş boşlanganiga 100 kun bölganda 1940 yil mart oyida sovetlar Finlandiya bilan mağlubiyatga teng sulh tuzişga majbur böladi.
1940 yilda Boltiqböyida joylaşgan Latviya, Litva va Estoniya bosib olinadi va ittifoqdoş respublikalarga aylantirilib, SSSR tarkibiga qöşib yuboriladi.
SSSR Şarqiy Yevropadan bosib olgan hududlarning bir qismini Ukrainaga, yana bir qismini Belarusga qöşib beradi. Polşaning ozroq qismini Litva SSRga beradi.
Öşa paytda SSSRning Şarqiy Yevropada olib borgan bosqinçilik uruşlari aholidan yaşiriladi. Ular haqida radio va bosma naşrlarda umuman xabar berilmaydi. Faqat sovet-fin uruşi haqida ma’lumotlar aytiladi.
Sovet armiyasining Polşaga bostirib kirgani haqida omma oldida Molotov özi bilmagan holda gapirib qöyadi.
1939 yil 31 oktyabr kuni Molotov SSSR oliy soveti sessiyasida nutq sözlaydi va ana şu yerda ilk marta Polşa SSSR va Germaniya tomonidan bosib olinib, davlat sifatida tugatilganini aytadi.
“Polşadagi hukmron doiralar öz davlati “mustahkamligi” va armiyasi “qudrati” haqida köp maqtangan edilar. Holbuki, Versal şartnomasining majruh bolasi bölgan va polyaklardan boşqa millatlarni eziş hisobiga yaşab kelayotgan Polşa uçun dastlab german armiyasi tomonidan, söng qizil armiya tomonidan berilgan qisqa zarbaning özi yetarli böldi”, deydi u.
Oktyabr töntarişigaça Rossiya imperiyasi tarkibida bölgan Polşa 1919 yil 28 iyun kuni imzolangan Versal tinçlik şartnomasiga köra, mustaqil davlat deb tan olingan va uning çegaralari belgilangandi. Molotov Polşani “Versal şartnomasining majruh bolasi bölgan” deb şunga işora qilgandi.
Şuningdek, Molotov öşa nutqida nemislar Polşaga bostirib kirgandan söng Germaniyaga qarşi uruş oçgan Fransiya va Britaniyani ham mazax qiladi:
“Barça mafkuraviy tizimlar kabi hitlerizm mafkurasini ham qabul qiliş yoki rad etiş siyosiy qaraşlarga boğliq. Ammo har qanday kişi yaxşi biladiki, mafkurani kuç bilan yöqotib bölmaydi, uni uruş bilan mahv etiş mumkin emas. Şuning uçun ham “hitlerizmni yöqotiş” qabilida uruş olib boriş bema’nilikdan taşqari jinoyat hamdir”, deydi u.
Molotovning sessiyada sözlagan nutqi gazetalarda beriladi va şunda odamlar Polşa Germaniya va SSSR tomonidan bosib olinganini bilişadi.
Molotov 1920-yillardan boşlab 1953 yil Stalin vafotigaça uning yonida bölgan davlat arbobi hisoblanadi
Molotov-Ribbentrop paktining maxfiy qismi nega yaşirilgan?
SSSR va Germaniya örtasida tuzilgan şartnomaning maxfiy qismi uruşgaça va undan keyin ham oşkor qilinmaydi.
1945 yilda ittifoqçilar sovet armiyasi bilan birga Berlinni egallaydi. Öşanda nemislarga tegişli maxfiy arxivning bir qismi ittifoqçilar qöliga tuşadi. Ular orasida Molotov-Ribbentrop paktining maxfiy qismiga doir ayrim hujjatlar ham bor edi.
1945 yil 20 noyabrdan 1946 yil oktyabrgaça Germaniyaning Nyurenberg şahrida faşistlar Germaniyasining yuqori lavozimli harbiylari ustidan sud jarayonlari bölib ötadi.
Molotov-Ribbentrop paktining maxfiy qismi haqida ilk bor şu yerda savol qöyiladi. Ammo sovet vakillari va sudlanayotgan nemislar bunday kelişuv bölganini rad etişadi.
Sovetlar ittifoqçilar qölidagi ma’lumotlarni SSSRning uruşdagi ğalabasiga soya soliş uçun tayyorlangan soxta hujjatlar deyişadi. Şu tariqa sovetlar 1980-yillar oxirigaça Hitler Germaniyasi bilan hamkorlik qilişganini tan olişmaydi.
1939 yil 24 avgust kuni çop etilgan "Izvestiya" gazetasida Germaniya va SSSR örtasida imzolangan şartnoma haqida batafsil xabar berilgandi
1980-yillar oxirida SSSRda Molotov-Ribbentrop paktining maxfiy qismini örganiş böyiça taniqli siyosatçi Aleksandr Yakovlev boşçiligida komissiya taşkil etiladi. Öşa yili maxfiy kelişuvning matni ilk bor oşkor qilinadi.
Şundan söng SSSR oliy soveti deputatlari tomonidan “Özaro hujum qilmaslik haqidagi sovet-german şartnomasining siyosiy va huquqiy baholari haqida”gi qarori qabul qilinadi.
Qarordagi ikkita bandda Germaniya va SSSR örtasidagi maxfiy kelişuv haqida şunday gaplar bor edi:
“6. Germaniya bilan maxfiy protokollar böyiça muzokaralar Stalin va Molotov tomonidan sovet xalqi, Kompartiya markaziy komiteti va oliy sovet hamda hukumatdan yaşirin ravişda olib borilgan. Şuningdek, maxfiy kelişuv matnlari öşa paytda ratifikatsiya qilingan şartnoma tarkibidan yaşirin ravişda çiqarib taşlangan. Özaro hujum qilmaslik haqidagi şartnomaning maxfiy qismini imzolaş töğrisidagi qaror mohiyatan va şaklda şaxsiy hokimiyat akti edi. Bu fitnali kelişuv uçun sovet xalqi javobgar bölmaydi va u xalqning irodasini heç qanday tarzda aks ettirmaydi.
7. SSSR xalq deputatlari qurultoyi 1939 yil 23 avgustdagi «Maxfiy qöşimça protokol» va Germaniya bilan boşqa maxfiy bitimlar imzolanişini qoralaydi. S’yezd maxfiy protokollarni imzolangan paytidan boşlab qonuniy asosga ega bölmagan va haqiqiy emas deb topadi. Maxfiy protokollar sovet ittifoqining uçinçi davlatlar bilan munosabatlari uçun yangi huquqiy asos yaratmaydi. Stalin va uning atrofidagilar özlarining qonuniy majburiyatlarini buzgan holda ulardan boşqa davlatlarga ultimatumlar va kuçli bosim ötkaziş uçun foydalanilgan”.
2011 va 2016 yillarda “Pravda” gazetasida maxfiy kelişuvning SSSRda saqlangan matni e’lon qilinadi. 2019 yilda “Tarixiy xotira” fondining saytida kelişuv matnining skaner qilingan varianti ham e’lon qilinadi.
Amerikalik rassom Klifford Berrimen 1939 yilda çizgan karikatura
SSSR faşistlar Germaniyasi bilan ittifoqçi bölganmi?
Bugun aksariyat tarixçilar SSSR va Germaniya örtasidagi özaro hujum qilmaslik haqidagi şartnomada “ittifoqçi” sözi işlatilmagan bölsa ham, mohiyatan bu ikki davlat uruşgaça ittifoqçi bölgan, deydi.
Asosan rossiyalik yoki rusiyzabon bölgan aksariyat tarixçilar buni rad etişadi. Ular Germaniya özaro hujum qilmaslik haqidagi şartnomani boşqa bir qator davlatlar bilan ham imzolaganini aytişadi.
SSSR va Germaniya ittifoqçi bölgan, deydiganlar tarixiy faktlarga köz taşlaş kerakligini va ularda hammasi aniq va ravşan yozilganini aytişadi.
Jumladan, 1939 yil 9 sentabrda nemis qöşinlari Varşavani egallagan kuni Molotov Germaniya hukumatiga tabrik telegrammasini yuboradi.
Bundan taşqari, 1939 yil 21 sentabr kuni Polşa töliq bosib olinganidan söng Vermaxt qöşinlari bilan qizil armiya Brest şahrida ğalaba şarafiga birgalikda harbiy parad ötkazadi.
Keyinçalik 1940 yil aprelda nemislar Norvegiya va Daniyaga bostirib kirganda ham Molotov Germaniya hukumatiga “muvaffaqiyat tilab” telegramma yuboradi.
1940 yil kuzda Molotov Berlinga boradi. U Germaniyaning yuqori lavozimlari şaxslari qatorida Hitler bilan uçraşadi. Molotovning maqsadi Germaniya bilan yanada yaqinroq aloqalar örnatiş va nemislar SSSRga bostirib kirişining oldini oliş edi. Ammo Hitler Molotov bilan uni qiziqtirgan mavzularda muzokara ötkazişni rad etadi.
Molotov Hitler bilan uçraşuvda, Berlin
Öşa paytda SSSR Germaniya bilan ittifoqçi darajasida aloqalar örnatmagan bölsa-da, Ğarb davlatlariga qaraganda yaqinroq aloqalarga ega bölgan.
Qolaversa, Polşa bosib olingandan söng 1939 yil 28 sentabrda “SSSR bilan Germaniya örtasidagi döstlik va çegaralar haqida”gi sovet-german şartnomasi imzolanadi.
Yuqoridagilardan şunday xulosa çiqariş mumkinki, öşa paytda SSSR faşistlar Germaniyasi bilan ittifoqdoş bölmasa ham yaqin döst maqomida bölgan. Bu “döstlik” 1941 yil 22 iyun kuni nemislar SSSRga bostirib kirgança davom etgan.
Rossiyaning Molotov-Ribbentrop paktidagi maxfiy kelişuvga munosabati
Sönggi yillarda Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaga juda katta e’tibor qaratayotgan Rossiyaning aksariyat siyosatçilari Molotov-Ribbentrop paktidagi maxfiy kelişuvni qoralamaydi. Aksinça, uni töğri qilingan iş deb biladi.
2019 yilda Yevropa parlamenti Molotov-Ribbentrop paktini qoralovçi rezolyutsiyani qabul qildi. Rezolyutsiya Rossiya tomonidan keskin tanqid qilindi.
2020 yil iyun oyida AQŞda çop etiladigan «National Interest» konservativ naşrida Vladimir Putinning maqolasi e’lon qilindi. Unda Rossiya prezidenti Latviya, Litva va Estoniyaning Molotov-Ribbentrop pakti böyiça SSSRga qöşib olinişini öşa davrning xalqaro va davlat huquq normalariga muvofiq bölgan deb yozgan.
1939 yil 28 sentabr. Brest şahrida sovet-german armiyasining qöşma paradi.
Foto: tojuzbylo.pl
Bundan taşqari, 2021 yil 17 sentabr kuni Rossiya taşqi işlar vazirligi 1939 yilda sovet armiyasining Polşaga bostirib kirişi “ozod qiliş yurişi” bölgani haqida yozib çiqdi (SSSRning Polşaga bostirib kirgan kuniga 82 yil bölgani munosabati bilan).
Rossiya TIVga köra, öşanda sovet qöşinlari Polşaga bostirib kirib, “Minskka yuriş qilmoqçi bölgan polyaklarni töxtatib qolgan”. Şuningdek, Rossiya TIV göyoki “mahalliy aholi sovet qöşinlarini juda xursandçilik bilan kutib olgani”ni ta’kidlagan.
Bugun Rossiya taşqi siyosati 1939 yilda Polşadan tortib olingan hududlarni polyaklar 1920-21 yillarda Ğarbiy Ukraina va Ğarbiy Belarusdan bosib olganini va ularni qaytariş adolatli iş bölganini ta’kidlab keladi.
Aslida, Polşaning 1939 yilgaça bölgan çegarasi 1921 yilda Latviya poytaxti Rigada imzolangan sovet-Polşa şartnomasi bilan belgilangan edi.
1939 yilda nemislar bilan döstona munosabatda bölgan sovetlar ana şu şartnomada kelişilgan şartlarni buzib Polşaga bostirib kirgandi. Bugun Rossiya siyosatçilari bunday tarixiy faktlarni tan olişmaydi.