Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoreportaj: Andijon viloyatida Xotira va qadrlash kuni ommaviy sayillar bilan o‘tdi
Andijon viloyatining barcha tuman va shaharlarida 9 may – Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha ruhda nishonlandi. Bayram arafasida hududlarda sana munosabati bilan tadbirlar o‘tkazilib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar holidan xabar olindi.
9 may kuni viloyat markazida asosiy tadbir o‘tkazildi. Erta tongda viloyat hokimligi, harbiy qismlar vakillari, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda keng jamoatchilik “Motamsaro ona” haykali poyiga guldastalar qo‘ydilar.
Harbiy parad, urush voqeliklari aks etgan sahna ko‘rinishlari, askar yigitlarning chiqishlarini 20 mingga yaqin kishilar tomosha qildi.







Viloyatning Oltinko‘l tumanida sana yangi qiyofa kasb etgan Xotira maydonida nishonlandi. Monument poyiga gullar qo‘yish marosimidan so‘ng tuman badiiy jamoalari yig‘ilganlarga teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish qilib berdilar.







KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
08:21 / 25.06.2026