09:14 / 09.05.2018
6795

TDYuU magistraturasiga test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyruq o‘z kuchini yo‘qotdi

Foto: tsul.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan «Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirishlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013 yil 24 iyuldagi «Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 01-268-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2490, 2013 yil 26 iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 30-son, 405-modda).

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016 yil 3 avgustdagi «Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi 01-266-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2490-1, 2016 yil 4 avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016 y., 31-son, 386-modda).

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2018 yil 4 apreldagi «Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida»gi 01-102-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2490-2, 2018 yil 11 aprel) (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 11.04.2018 y., 10/18/2490-2/1056-son).

Top