Farmonga köra, 2026-2027 öquv yilidan quyidagi yangiliklar amalga oşiriladi:

Toşkent davlat yuridik universitetiga Universitet huzuridagi akademik litsey, yuridik texnikum bitiruvçilari hamda oliy ma’lumotga ega şaxslar uçun ular tanloviga köra kiriş mumkin bölgan bakalavr yönalişlari böyiça kadrlar tayyorlaşning maxsus 3 yillik ta’lim dasturi joriy etiladi;
Qaşqadaryo yuridik texnikumi negizida Toşkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey taşkil etiladi.

Şuningdek, 2026-2027 öquv yilidan:

  • “Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boşqaruvi” ta’lim yönalişida bakalavr darajasiga ega şaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan ötmasdan umumiy örta ta’lim maktablarida “Davlat va huquq asoslari” fani böyiça dars berişga ruxsat etiladi;
  • huquq fanidan biliş darajasini baholaş böyiça test sinovi taşkil etiladi va uning natijalari asosida davlat namunasidagi sertifikat beriş tartibi joriy etiladi.

Bundan taşqari, 2026 yil 1 martdan Universitetda “Yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yönalişidan boşqa turdoş ta’lim yönalişlari bitiruvçilari uçun 2 yillik magistratura mutaxassisligi joriy qilinadi.

Uşbu özgarişlar yuridik ta’lim tizimini modernizatsiya qiliş, malakali huquqşunos kadrlar tayyorlaş, şuningdek, umumiy örta ta’lim tizimida huquqiy madaniyat va huquqiy ta’lim sifatiga bölgan talablarni oşirişga qaratilgani ta’kidlanmoqda.