Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energiya resurslarining onlayn-hisoblagichlari qanday o‘rnatiladi?
Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizom e'lon qilindi. Hujjat O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan.
Norma’ning yozishicha, hujjatda elektr energiyasi va tabiiy gaz hisoblagichlari haqida so‘z boradi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi (bundan keyin – ENHAT) doirasida zamonaviy hisobga olish priborlarini o‘rnatish uchun energiya ta'minoti tashkiloti o‘rnatish bo‘yicha qo‘yiladigan talablar ko‘rsatilgan texnik shartlarni beradi. Iste'molchining elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minoti loyihalarida esa bunday hisoblagichlar bo‘yicha alohida qism nazarda tutilishi kerak.
Mazkur toifadagi iste'molchilarga ENHAT doirasida hisobga olish priborini o‘rnatish haq evaziga ularning tanlovi bo‘yicha: energiya ta'minoti tashkiloti yoxud maxsus montaj qiluvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
O‘z navbatida, maishiy iste'molchilarga hisoblagichlar energiya ta'minoti tashkiloti tomonidan mustaqil ravishda tuziladigan reja-jadval asosida o‘rnatiladi. O‘rnatish bo‘yicha ishlar boshlanishidan 10 kun oldin fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali maishiy iste'molchilar bu haqda xabardor qilinadi.
Maishiy iste'molchilar hech qanday haq to‘lamaydilar. Barcha xarajatlarni, shu jumladan hisobga olish priborlari va maxsus shkaflarni xarid qilish, mavjud hisobga olish priborlarini almashtirish, hisoblagichni montaj qilish, davlat qiyoslovidan (shu jumladan davriy) o‘tkazish, o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tkazish va plombalashni energiya ta'minotchisi qoplaydi.
Bunda yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yakka tartibda qurilgan uy-joylar uchun pribor tarmoqlarning mansublik chegarasida o‘rnatiladi. Ko‘p xonadonli uy-joylarda esa – loyihalarda belgilangan maxsus joylarga.
Mavjud hisoblagichlar demontaj qilinadi (yechib olinadi), yangilari esa ta'minotchining vakolatli xodimi tomonidan iste'molchi va Majburiy ijro byurosi vakili ishtirokida o‘rnatiladi. Ishlar soat 8:00 dan 20:00 gacha amalga oshiriladi. Bunda ta'minotchining vakolatli xodimi va Byuro vakili iste'molchiga o‘zining xizmat guvohnomasini ko‘rsatishga majbur.
Jarayon davomida plombalar butligi tekshiriladi va dalolatnoma tuziladi, unda demontaj qilinayotgan hisobga olish priborining turi, uning zavod raqami, ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, yechish paytidagi ko‘rsatkichi va boshqa zarur ma'lumotlar ko‘rsatiladi. Hujjat 3 nusxada ta'minotchi, Majburiy ijro byurosi va iste'molchi uchun rasmiylashtiriladi.
Ta'minotchining vakolatli xodimi iste'molchiga hisobga olish priborining davlat qiyoslovidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi sertifikatni taqdim etadi. U o‘rnatilgandan so‘ng bu haqda yana 3 nusxada dalolatnoma tuziladi. Unda hisoblagichning turi, zavod raqami, ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, o‘rnatilgan paytdagi ko‘rsatkichlari, sertifikat va plombalar to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘rsatiladi.
Amaldagi ulash sxemasi o‘zgartirilgan, priborga zarar yetkazilgan (iste'molchining aybi bilan), plombalari buzilgan, hisoblagichdan tashqari boshqa energiya resurslarini qabul qilgichlar ulangan bo‘lsa, Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari hamda Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida (VMning 12.01.2018 yildagi 22-son qaroriga 1 va 2-son ilovalar) belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi.
Hujjat 7.05.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026