08:12 / 10.05.2018
21857

Rivojlanayotgan davlatlar oliy o‘quv yurtlari reytingi e'lon qilindi

Pekin Universiteti/Foto: REUTERS

Britaniyaning Times Higher Education (THE) nashri rivojlanayotgan mamlakatlardagi universitetlar reytingi natijalarini (Emerging Economies University Rankings) taqdim etdi.

Bu yil dastlabki ikki o‘rinni Pekin Universiteti va Sinxua Universiteti egalladi. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti 3-pog‘onadan joy oldi.

Umuman olganda, dastlabki o‘ntalikda Xitoy oliy o‘quv yurtlari 7ta o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Afsuski, O‘zbekiston 351ta oliy o‘quv yurti orasidan bironta joyni egallay olmadi.

Emerging Economies University Rankings 2018 yilda to‘rtta qit'ada joylashgan 42 davlatdagi 350dan ortiq universitetni o‘z ichiga qamrab oldi – bu o‘tgan yilga nisbatan 50ta OTMga ko‘proq.

O‘quv muassasalari beshta asosiy ko‘rsatkich bo‘yicha baholanadi: ta'lim muhiti, ilmiy faoliyat, iqtibos keltirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar tarkibi sifati, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tatbiq etishdan olingan daromadlar.

Mavzuga oid
Top