O‘zbekiston | 23:14 / 10.05.2018
9924
2 daqiqa o‘qiladi

«Toshkent gerbi»​ning taqdiri hal etilmadi

Foto: Shosh.uz

«Toshkent gerbi» yodgorligi shu yilning 4 may kuni o‘z joyidan ko‘chirilgandan so‘ng, saqlashga topshirilgan. Bu haqda Toshkent shahri Mirobod tumani hokimi Shuhrat Po‘latov matbuot anjumanida ma'lum qildi.

«Yodgorlik o‘rnida favvora ishga tushishi rejalashtirilgan», deydi u.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Toshkent markaziy temiryo‘l vokzaliga yaqin maydonga atoqli qoraqalpoq adibi Berdaq haykali olib kelinishi munosabati bilan, xalq orasida «kopeyka»​ nomi bilan mashhur bo‘lgan yodgorlik joyidan ko‘chirilgan.

«Tanga»ning qayerga o‘rnatilishi bo‘yicha aniq qaror yo‘q, u hozircha saqlashga topshirildi. Bitta hududda ikki xil yodgorlikning joylashishi umumiy ko‘rinishga ta'sir qiladi. Shuning uchun biz «kopeyka»​ni ko‘chirishga qaror qildik»​, deydi hokim.

Ma'lumot uchun, 1996 yilga qadar ushbu maydonda haykaltarosh Dmitriy Ryabichev ijodiga mansub «14 nafar turkistonlik komissar» ekspozitsiya mavjud edi.

Mavzuga oid