Reytingda Tokiodagi Sindzyuku vokzali birinchi o‘rinni egalladi. U har yili taxminan 1,164 milliard yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Keyingi o‘rinlarda Sibuya (1,023 milliard) va Ikebukuro (843 million) vokzallari qayd etilgan.

Top-5 talikka yana Osaka-Umeda va Iokogama vokzallari kirgan bo‘lib, bu Yaponiyaning mazkur reytingdagi ustunligini namoyon etmoqda. Hindistonning Xaura va Sealda vokzallari esa shahar atrofi va mintaqaviy tashuvlar hajmining ulkanligi bilan ajralib turadi.



Reytingdagi o‘nta o‘rinning sakkiztasini Yaponiya vokzallari egallagan. Ulardan beshtasi Tokio shahrida joylashgan. Mutaxassislar bu holatni mamlakatning yuqori zichlikka ega temiryo‘l tarmog‘i, tez-tez amalga oshiriladigan yo‘lovchi almashinuvi va qatnovlar intensivligi bilan izohlamoqda.

Sindzyuku vokzali 1885 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, hozirda markaziy Tokio, shahar atrofi va mintaqaviy yo‘nalishlarni bog‘lovchi asosiy transport tuguni hisoblanadi. Vokzal hududida 200 dan ortiq chiqish yo‘laklari va bir nechta yerosti qavatlari mavjud.

Reytingning keyingi o‘rinlarida Kita-Sendzyu, Tokio va Nagoya vokzallari ham qayd etilgan. Ular nafaqat transport markazlari, balki savdo, mehmonxona va ofis infratuzilmasi bilan uyg‘unlashgan yirik shahar komplekslari sifatida ham faoliyat yuritadi.