Özbekning buyuk kinorejissiyori Şuhrat Abbosov haqparvar yozuvçi Toğay Murod haqidagi xotiralarida şunday yozgan ekan: «Esimda, Buxoroda ötkazilgan kino kunlarida havo 20 daraja sovuq edi. Zalda tumonat odam. Men qalin kiyinib olgan bölsam-da, muzlab qolganimdan sovuqda ön daqiqa ham ötirolmadim. Hattoki, kiçkina bolalargaça tört soatlik kinoni oxirigaça kördi, heç kim zaldan çiqib ketmadi. Bunga sabab nima edi? Tomoşabinni qanday joziba tört soatlik kinoni körişga majbur etdi? Axir «Otamdan qolgan dalalar» filmi Amerika kinolariga öxşab detektiv bölmasa yoki Meksika seriallariga öxşab bir ilmoq bilan tomoşabinni aldab ötirmasa… Yöq! Tomoşabinni film oxirigaça ötirişga majbur etgan sabab — ekranda ayovsiz, haqqoniy hayot keçmoqda edi».

Çindan ham, «Otamdan qolgan dalalar» filmi tomoşabinning yurak urişini maromdan çiqarib yubordi. Çunki xalqimiz ekranda çippa-çin hayot voqealarini körayotgan edi. Ammo...

Ammo, bugun heç kimga sir bölmagan sabablarga köra, bu film namoyişi ança muddat töxtatilgan edi. Boşqaça qilib aytganda, «qora röyxat»ga kiritilgandi. Lekin bu röyxatning oqarganiga ança böldiyu, negadir haliyam «Otamdan qolgan dalalar» ekranga qaytmadi. Yoki xorij kinosi, xorij hayoti özimiznikidan qiziqroqmi?!

Şuhrat Abbosovning xotira-maqolasida yana şunday jumlalar bor: «Otamdan qolgan dalalar» filmi davomiyligi tört soatni taşkil etadi. Şunday qilib, kino qöyildi. Tomoşabin şunaqayam yaxşi qabul qildiki… qarsaklar, olqişlar zalni tutdi. Biz şu orada Toğay Murodni yöqotib qöydik. Axir odatga köra, premeradan keyin ziyofat berilişi kerak edi-da. Biz, film ijodkorlari birga ötirişib, bir-birimizni tabriklamoqçi edik. Şu qidiramiz, Toğay Murod yöq, birdan ğoyib bölib qolibdi.

Qiziq odam edi-da, Toğay Murod! Unga «Otamdan qolgan dalalar» asarining film varianti yoqdimi yöqmi, bilolmadim. Toğay bu dunyodan ötib ketdi… Lekin bir narsaga xursandman: u meni sökmadi, ha, sökmadi. Çunki rahmatlik şunday halol, prinsipial odam ediki… Birinçidan, Toğay Murod öz asarini sahnaga, ekranga qöyişlariga hamişa ham rozi bölavermasdi. Ikkinçidan, uning ijozatisiz asarini sahnaga olib çiqqan bepisand san'atkorlarning tanobini tortib qöyardi. Muqimiy teatrida şunday voqea bölgan, deb eşitganman».

Bu fikrlardan anglaşiladiki, öz işining ustalari bölgan ikki insonning(albatta, jamoaning ham) ijod mahsuli bölgan «Otamdan qolgan dalalar» filmi bugun ham xalqimiz olqişiga, mehru muhabbatiga sazovor böla oladi. Biz esa şunday nodir filmimiz borligi, uni tomoşabinlar kutayotganini mutasaddilarga bir eslatib ötmoqçimiz, xolos. Iltimos, haliyam «Otamdan qolgan dalalar»imizni bizdan qizğanmang!