Şunday köplab oğriqli nuqtalarni iste’dodli yozuvçi Toğay Murod röyi-rost, qörqmasdan, hayiqmasdan, sodda xalq tilida qalamga oladi. Serquyoş yurtda yelkasi oftob körmay yaşagan, mehmon desa borini sarf qilgan, bolasidan qizğanib, mehmonga tutgan tanti xalq haqida öpkasi tölib-tölib yozadi.
Yozuvçi «Otamdan qolgan dalalar» asari boşiga quyidagilarni bitadi: «BMTning a’zosi mustaqil Özbekiston uçun bitdim. Könglimda el-yurtim yölida nimaiki dardim bor uşbu romanimda tökib soldim». Roman markazida Dehqonqul obrazi turadi va boş qahramon tilidan sözlab beriladi. Dehqonqul hikoyasini öz sarguzaştlaridan emas, balki ança naridan – bobosi Jamoliddin ketmon, otasi surxoni Aqrabdan boşlaydi. Çunki ota-bobosi tarixini eslamay, bilmay turib Dehqonqulning xarakteri va qismatini töla-tökis anglay olmaymiz.
Bobosi Jaloliddin ketmon oqpodşo istilosi çoğida u tuğma mehnatkaş, iymon-e’tiqodi butun şaxs. Zulmga qarşi beixtiyor olomon safida böladi. Oxiri xörlikka çiday olmay yurti Farğonani taşlab, boş olib ketadi.
Otasi surxoni Aqrab qizil imperiya taşkil topişi guvohi hamda qöli gul boğbon. Şu bilan birga, Aqrabda ona vatan, fuqarolik tuyğusi baland, yurt mustaqilligi, ozodligi uçun jangga kiradi. Matonat bilan yovni lol qoldirib, öz yurtida jon beradi. Asarda Aqrab obrazi orqali yurtimizda mustabid tuzumga qarşi olib borilgan bosmaçilik harakatlari oçib beriladi.
Dehqonqul obrazi – şörolar davri odami. Unga ota-bobolaridan faqatgina mehnatkaşlik xislatigina meros bölib qolgan edi. Otasi va bobosiga xos yursevarlik, erksevarlik, insoniy ğurur, özlikni anglaş hissi unga butunlay begona edi. Sotsiolistik tuzumda voyaga yetgan Dehqonqul öziga xos manqurt bir kimsa bölib, faqat sadoqat bilangina mehnat qilişni biladi. U dehqonçilikni miridan-sirigaça örgangan, har bir niholning dardini biladigan mohir dehqon, lekin yaqinlarining ahvolini sezmaydigan, his qilmaydigan şaxsdir.
Maş’al brigadir böla turib qöli qisqaligidan, mototsikl olişga qurbi yetmaganidan, ayolining oddiy iltimoslarini bajarolmaganidan iztirobga tuşmaydi. Ijaraga olingan kostyumlar bilan kengaşlarga borişga uyalmaydi. Kengaşdagi örni ham aniq – tördagilar qarsak çalsa qarsak çaladi, oyoqqa tursa, oyoqqa turadi. Bozordan olgan 2 dona xurmo uçun yetim öğlining oğzi-burnini qonga belaydi. Şunçalik mute va manqurt bölib yetişadiki, qamoqqa olib ketişayotganda ham dala işi, paxta terimini öylaydi. Bu esa haqiqiy ma’noda sotsial tuzumning aççiq mevasi edi.
Asarda Qurbon qoraqirğiz va Jamoliddin ketmonning yer savdosidagi oqibati, polkovnik Çaneşevning surxoni Aqrab mardligi oldida boş egişi, paxta işi davrida rahbar Usmonxöjayev ayolining sadoqati voqealari orqali qahramonlarning xarakteri oçib beriladi. Paxta jöyagida uxlab qolişi sabab zaharlanib, vafot etgan 5-sinf öquvçisi Ziyod va uning ölimiga şunçaki qaragan maktab direktori haqida öqigan kitobxon ğazablanmay qolmaydi.








