Jamiyat | 19:33 / 11.05.2018
7278
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyat sud raislari xalq bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan sud-huquq tizimini yanada takomillashtirishga oid bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

2017 yil 13 iyun sanasida Prezident Shavkat Mirziyoyev sudyalar bilan o‘tkazgan uchrashuvida kundalik faoliyatda xalq bilan bevosita muloqot shakllarini kengaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan edi.

  Vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida 2018 yil 11 may kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining raisi Murodjon Mirzajonov va Farg‘ona viloyat ma'muriy sudining raisi Abdurasul Eranovlar ishtirokida xalq bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.


  Muloqotda Farg‘ona tumanida yashovchi fuqarolar, mahalla, nuroniy jamg‘armasi, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni o‘tayotgan shaxslar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

  Muloqot davomida ayollar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ma'muriy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik va ma'muriy sudlarda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan ma'ruzalar tinglandi.


  Sayyor uchrashuvda viloyat sudi raislari fuqarolar tomonidan berilgan savollarga tushuntirishlar berib, sud faoliyati bilan bog‘liq mavjud muammolarni hal qilish choralari ko‘rilishi bildirishdi.

  Xalq bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish, xalqning dardu tashvishlarini eshitish sudyalar faoliyatining asosini tashkil etishi lozimligi ta'kidlandi.

Mavzuga oid