Sud tizimini isloh qiliş, sudyalar mustaqiligini ta’minlaş, fuqarolarning uşbu organga işonçini qaytariş prezident Şavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgandan buyon ilgari surib kelayotgan siyosatning ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. 2016 yili ötkazilgan prezidentlik saylovidayoq öz saylovoldi dasturida sud tizimida tub özgarişlarni amalga oşirişga bel boğlagan, saylovoldi çiqişida sudlar tomonidan oqlov hukmi çiqarilmayotganini tanqid qilgandi.

“Eng açinarlisi, keyingi yillarda sudlar tomonidan birorta ham oqlov hukmi çiqarilmagan. Bundan biz, barça tergov organlari xatosiz va juda sifatli darajada işlayapti, degan xulosaga kelişimiz mumkinmi? Yöq, albatta”, — ta’kidlagandi Şavkat Mirziyoyev.
Şavkat Mirziyov jinoyat işini qöşimça tergovga yuboriş amaliyoti odil sudlovning mohiyatiga mutlaqo töğri kelmasligini aytarkan, sud yoki oqlov, yoki qoralov hukmini uzil-kesil çiqarişi kerakligini bildirgandi.
Prezidentlikka saylanganidan söng 2017 yilning dekabrida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bağişlangan tantanali marosimida sözlagan ma’ruzasida Şavkat Mirziyoyev 10 oy davomida sudlar tomonidan 191 nafar şaxsga nisbatan oqlov hukmi çiqarilgani, bungaça mazkur holat sudlar faoliyatida öta kam uçraydigan hodisa bölganini alohida qayd etgandi.
Statistik ma’lumotlarga köra 2007-2015 yillarda sudlar tomonidan 688 354 nafar şaxsga nisbatan 498 730 ta jinoyat işi körib çiqilib, atigi 110 nafar şaxs oqlangan bölsa, 2016-2022 yillarda 421 468 nafar şaxsga nisbatan 324 463 ta jinoyat işi körib çiqilgan va şundan 4740 nafar şaxs oqlangan. Ya’ni sönggi olti yilda çiqarilgan oqlov hukmlari oldingi davr bilan soliştirganda 43 barobarga köpaygan.
Şuningdek 2023 yil yanvar oyida 6 329 nafar şaxsga nisbatan 5 137 ta jinoyat işi körib çiqilgan va şundan 50 nafar şaxs oqlangan.
Xorazm viloyat sudi raisining jinoyat işlari böyiça örinbosari Uluğbek Bakdurdiyevga















