Sport | 20:50 / 11.05.2018
24854
3 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor» «Nasaf»ni shov-shuvli tarzda yengib, 1-davra peshqadami bo‘ldi

Foto: FC Nasaf

Superliga 11-turida «Nasaf» o‘z maydonida «Paxtakor» bilan bellashdi.

Bu o‘yinda Superliga tarixida ilk marotaba 5 nafar hakam ish olib bordi. Ravshan Ermatov bosh hakam sifatida, Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov qanotlarda, Valentin Kovalenko va Axrol Risqullayev esa darvoza chizig‘ida mehnat qilishdi.

Dastlabki 5 daqiqada jamoalar bittadan gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. 2-daqiqada Masharipov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 4-daqiqada G‘aybullayev uni tenglashtirdi. 

O‘yinning 10-daqiqasida Dragan Cheran «Paxtakor» darvozaboni bilan yuzma-yuz chiqdi. Jarima maydoni ichida to‘pga tashlangan posbon, uni qaytarishga ulgurmadi, ammo Cheranni yiqitdi. Biroq, bosh hakam Ravshan Ermatov bu vaziyatda penalti belgilamadi. 

38-daqiqada Abdixoliqov «Nasaf»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo Gonsalvesh 3 daqiqadan so‘ng uni tenglashtirdi.

84-daqiqada «Nasaf» himoyachisi jarima maydoni ichida Masharipovni qo‘li bilan yiqitdi. Bu safar Ermatov penalti belgiladi va uni Gonsalvesh aniq amalga oshirib, «Paxtakor»ga g‘alaba keltirdi.

Bu natijadan so‘ng, «Nasaf»ning g‘alabasiz o‘yinlari soni 5taga yetdi. Jamoa 14 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.  

«Paxtakor» esa 23 ochko jamg‘arib, 1-davrani peshqadam sifatida yakunlaydigan bo‘ldi.

Superliga, 11-tur
11 may, Qarshi, «Markaziy» stadion

Nasaf (Qarshi) - Paxtakor (Toshkent) - 2:3 

Gollar: G‘olib G‘aybullayev (4), Bobir Abdixoliqov (38) - Jaloliddin Masharipov (2), Gonsalvesh (41, 84 pen)

Bosh hakam: Ravshan Ermatov. Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov. Darvoza chizig‘idagi hakamlar: Valentin Kovalenko, Axrol Risqullayev. 

Nasaf: 35.Sanjar Quvvatov - 55.Slavko Lukich, 22.Igor Golban, 5.G‘olib G‘aybullayev - 17.Doniyor Narzullayev, 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov (27.Islom Rashidxonov, 77), 14.Sharof Muhitdinov (77.Jasur Hasanov, 63), 31.Saydullo Rahmatov -  10.Bobir Abdixoliqov (20.Islom Kenjaboyev, 51), 69.Dragan Cheran (s).’

Paxtakor: 25.Eldor Suyunov - 2.Akmal Shorahmedov, 55.Marko Simich, 4.Sherzod A’zamov, 29.Vladimir Kozak - 7.Azim Ahmedov, 8.Dilshod Rahmatullayev (10.Jamshid Iskanderov, 80) - 9.Jaloliddin Masharipov, 18.Bahrom Abdurahimov (22.Jasur Yaxshiboyev, 90) - 77.Tiago Bezerra, 11.Ismoil Gonsalvesh (80.Rostin Griffits, 89)

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid