Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi qaror: allergik kasalliklarni erta aniqlash uchun bir martalik umumdavlat aksiyasi e'lon qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Allergik kasalliklarni profilaktika qilish, ularga tashxis qo‘yish va davolashni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
allergologiya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish asosida allergik kasalliklarni profilaktika qilish, ularga molekulyar tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha yagona markazlashtirilgan tizimni yaratish hamda allergik kasalliklarni erta aniqlovchi skrining dasturlarni barcha joylarda bosqichma-bosqich joriy etish;
sog‘liqni saqlash amaliyotiga ilm-fanning ijobiy natijalarini joriy etish imkonini beradigan biotibbiyotning umumjahon yutuqlari bilan bog‘liq holda allergologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, allergik kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish va davolashning innovatsion usullarini ishlab chiqish;
allergik kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun zarur bo‘lgan dori-darmon vositalari, tibbiyotda qo‘llash uchun mo‘ljallangan buyumlar va tibbiyot texnikasi, jumladan, tashxis qo‘yish va davolash allergenlari, reagentlari va sarflash materiallari bilan ta'minlash darajasini oshirish;
klinik allergologiya va immunologiya sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, tibbiyot muassasalarining kadrlar salohiyatini oshirish, bu sohada yetakchi xorijiy tibbiyot ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish;
qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, allergologiya sohasiga grantlar va investitsiyalarni jalb qilish, tajriba almashish maqsadida xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, allergologiya sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan konferentsiyalar, simpoziumlar va seminarlar o‘tkazish.
Allergik kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish va davolashni takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xorijiy davlatlar, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlarini hamda boshqa byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining allergik kasalliklarni erta aniqlash uchun 18 yoshga to‘lmagan va xavf ostida bo‘lgan bolalarni 2019 yil 1 yanvardan 1 iyulgacha tekshirish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini (keyingi o‘rinlarda – bir martalik aksiya) e'lon qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Belgilanishicha, bir martalik aksiya oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida, shuningdek, maktab va maktabgacha ta'lim muassasalariga borgan holda fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining faol ishtirokida bepul asosda o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda “Sog‘liqni saqlash” tarmog‘i bo‘yicha har yili nazarda tutiladigan byudjyet mablag‘lari doirasida:
ushbu qarorda belgilangan vazifalar va yo‘nalishlarni hisobga olgan holda Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazining yangilangan tashkiliy-shtat tuzilmasini va ta'sis hujjatlarini tasdiqlaydi;
davlat tibbiyot muassasalarining davolash-tashxis qo‘yish allergenlariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlasin hamda davlat tibbiyot muassasalari ehtiyojlari uchun o‘z vaqtida va uzluksiz yetkazib berish maqsadida ularni xarid qilishni tashkil etish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi “Dori-Darmon” AK va Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi bilan birgalikda 2018 yil 1 sentabrga qadar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda talab eng yuqori bo‘lgan davolash-tashxis allergenlari davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda allergiyaga qarshi dori vositalarini, profilaktika rekombinant allergiya vaksinalarini, davolash va tashxis qo‘yish allergenlarini ustuvor ravishda erkin iqtisodiy zonalar hududida ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Mavzuga oid
22:52 / 22.05.2026
Yaponiyada 70 yillik xato tufayli allergik «portlash» yuz berdi
20:00 / 28.03.2026
Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlar zamonaviy kasblarga o‘qitiladi
21:49 / 25.03.2026
“Oqsil bilan stomatitning farqiga borishmayapti” – vodiyda qoramollar kasallanishi haqida
19:20 / 16.03.2026