Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhammad Salohning «Liverpul» klubidagi maoshi oshkor qilindi
«Liverpul» klubi hujumchi Muhammad Saloh va himoyachi Virgil van Deyk shartnomasida juda saxiy bonuslarni belgilab qo‘ygani ma'lum bo‘ldi.
Xususan, Van Deyk 15ta «quruq» o‘yin o‘tkazsa, 250 ming funt ishlab oladi. Bundan tashqari, 18ta o‘yin uchun 375 ming, 20ta o‘yin uchun 500 ming, 22ta o‘yin uchun esa 750 ming funt ishlab olishi mumkin. Joriy mavsumda «Liverpul» gollandiyalik futbolchi bilan 8ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Muhammad Saloh haftasiga 123 ming funt yoki yiliga 6,4 million funt maosh oladi. Agar u gol + uzatma tizimida 35 ochko yig‘sa, 2,5 million funt bonus olishi belgilab qo‘yilgan edi. Saloh bu marraga allaqachon yetib bo‘lgan.