Jamiyat | 11:13 / 12.05.2018
9889
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Talents.uz» – qobiliyatingizni namoyish qilish uchun yangi loyiha

Foto: Talents.uz

Mashhur bo‘lishni orzu qilasizmi? Qobiliyatingiz bor va uni namoyish qilmoqchimisiz? Shuhrat qozonishni va tanilishni xohlaysizmi? Demak «Talents.uz» yangi loyihasi aynan siz uchun! 

Butun O‘zbekiston miqyosidagi «Talents.uz» loyihasi – bu qobiliyati bor insonlar uchun butun mamlakatga o‘zini ko‘rsatish imkoniyati. Barchaga o‘z mahoratingiz va qobiliyatingizni namoyish qiling!

Foto: Talents.uz

«Talents.uz» – bu muallif-ijrochilarning ajoyib qo‘shiqlari, rassomlarning maftunkor asarlari, noodatiy fotosuratlar, qiziqarli videoroliklar, innovatsion kashfiyotlar va yangi adabiyot dunyosi.

Tez kunda saytda qobiliyatlilar o‘rtasida tanlov va o‘yinlar o‘tkaziladi. O‘z mahoratingiz bilan bo‘lishishga shoshiling. Shunda siz nafaqat mashhurlik, shuhrat va tomoshabinlar tashakkuri, balki «Talents.uz» sayti ma'muriyatidan ajoyib sovg‘alarga ega bo‘lasiz.

Foto: Talents.uz

«Bizning vazifa – yurtimizda ko‘plab qobiliyatlar yashayotganini ko‘rsatish. Atrofimizda imkoniyatlari to‘liqligicha ochilmagan ko‘plab insonlar bor, ularni hech kim tanimaydi, ammo ularda qobiliyat va mahorat borki, biz ularni barchaga ko‘rsatmoqchimiz. Qo‘shningiz yaxshi qo‘shiq aytishi yoki san'at asarlari yaratishini bilarsiz balki. U haqda bizga ayting, biz uning ishlarini mamnuniyat bilan saytimizga joylaymiz!», – dedi loyiha asoschisi va rahbari Asqarali Xushmurodov.

Foto: Talents.uz

Barchaga qulay bo‘lishi uchun sayt Tas-ix hududida joylashgan, shu sababli hamyurtlarimizning ishlari bilan tanishish juda qulay.

Qobiliyatingizni ko‘rsatish – hech qachon kech emas. Taniqli bo‘ling, o‘zingizni ko‘rsating, o‘z ishlaringizni  «Talents.uz» saytiga joylashtiring! Sizni mamlakat va butun dunyo ko‘radi!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid