Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonlik jahongashtalar O‘zbekistonga yetib kelishdi
Asli Bombey shahrida yashovchi hindistonlik Ashok Kumar ancha yillardan buyon oila a'zolari bilan Markaziy Osiyodagi Samarqand, Toshkent va Farg‘ona vodiysiga sayohat qilishni orzu qilardi. Sababi, ularning hayotida tanish bo‘lgan Boburiylar sulolasining tarixi bu hududlar bilan bog‘langan.
Shunday qilib, Kumarlar sayyohlik dasturlariga jiddiy qiziqa boshlashdi. Do‘stlarining taklifi bilan Manipur shtatining markazi Imphal shahridan “Londonga yo‘l” dasturi orqali Buyuk Britaniyagacha yo‘l-yo‘lakay barcha tarixiy shaharlarda to‘xtash g‘oyasi Ashokni qiziqtirib qo‘ydi.
Bu dasturga ular orzu qilgan Markaziy Osiyo shaharlariga tashriflar kiritilgandi. Shu qiziqish bilan Kumarlar oilasi Road to London 2018 dasturiga qo‘shilib olishdi.
Road to London 2018 o‘zi qanday dastur hisoblanadi?
Bu dastur avtomashinalar orqali dunyoning deyarli yarim qismini bosib o‘tishga mo‘ljallangan sayohat hisoblanadi.
• Masofa: 16000 km;
• Boriladigan davlatlar soni: 18 ta;
• Dastur davomiyligi: 49 kun;
• Ishtirokchilar soni: 27 nafar
12 may kuni Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi bir guruh vatandosh sayohatchilarni poytaxtimizda kutib oldi. Sayohatchilar sharafiga Toshkent shahridagi Le Grande Plaza mehmonxonasida badiiy kecha uyushtirildi. Tadbirda OAV vakillari, shuningdek, Kun.uz tahririyati ham mehmon bo‘ldi.
Ashok Kumar bilan suhbatimizda, ular kuni kecha Farg‘ona vodiysining shirin mevalaridan bahramand bo‘lganligini eslashdi. Ularning keyingi manzili esa “Sayqali ro‘yi zamin” – Samarqand.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026