15:00 / 13.05.2018
6920

Saloh APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. 

Misrlik forvarddan tashqari ushbu sovrin uchun Harri Keyn («Tottenhem»), David de Xea («Manchester Yunayted»), Jyeyms Tarkovski («Byornli»), Kevin De Bryuyne va Rahim Sterling (ikkisi ham «Manchester Siti»dan) da'vogarlik qilgandi.

APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz berish jarayonida ekspertlar, muxlislar va klublar sardorlari ishtirok etgandi.

Saloh APLning joriy mavsumida «Liverpul» uchun 35 o‘yinda ishtirok etdi va 31 gol urib, 9 golga hammualliflik qildi.

Top