Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq «Algoritm» zavodi Germaniya sanoat zonasiga aylantiriladi
Toshkentdagi sobiq «Algoritm» zavodi Germaniya sanoat zonasiga aylantirilishi mumkin. Bu haqda «Jahon» AA tarqatgan xabarda shunday deyiladi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 14-16 may kunlari O‘zbekiston-Germaniya ikkitomonlama hamkorlik tarixida ilk bor eng yirik delegatsiya Toshkentga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Delegatsiya tarkibiga asosan ishbilarmon kishilar kiritilgan bo‘lib, bank va avtomobil kompaniya, kimyo, elektrotexnika sanoati, turizm va qurilish industriyasi, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasidan bo‘lgan 70dan ortiq vakillar mahalliy tadbirkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun muzokaraga kirishmoqchi. Ular orasidan Siemens, MAN, BASF, TUI Group, SAP, Deutsche Bank va Commerzbank mutasaddilar ham mavjud.
15 may kuni poytaxtda Germaniya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining IV yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, ertasi kuni delegatsiya vakillari Buxoro viloyatida Kanuf Gips zavodi ishlab chiqarish liniyasining ishga tushirish marosimida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida, shuningdek, delegatsiya tomonidan «Algoritm» zavodi hududiga safar uyushtirilishi rejalashtirilgan. Bu yerda nemis sanoat zonasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Trampga Rossiya yaqin orada Ukrainadagi hujumlarini kuchaytirishini aytdi – OAV
Jahon | 19:03
-
Prezident administratsiyasining 8 ta departamentiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston | 18:40
-
Wizz Air aviakompaniyasi O‘zbekistondan Abu-Dabiga parvozlarni to‘xtatadi
O‘zbekiston | 18:39
-
Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi lavozimidan ketdi
O‘zbekiston | 18:34
Mavzuga oid

15:52
Mers: AQSh bojlari Germaniya eksportiga qattiq ta’sir qiladi

15:30
Germaniyalik er-xotin Kaliningrad yaqinida suvosti kemasini ko‘rganini xabar qildi

13:55
Pistorius: Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib bermaydi

14:07 / 12.07.2025