21:10 / 14.05.2018
34591

«Akfa» kompaniyasi mutaxassisi Toshkent shahar hokimligida rahbarlik lavozimiga tayinlandi

14 may kuni Toshkent shahar hokimligi «Binolardan foydalanish departamenti» Davlat unitar korxonasiga yangi boshliq tayinlandi. Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, bu lavozimni Murod Abduqahhorovich Irmatov egallagan.

U bunga qadar «Akfa» kompaniyasida ko‘chmas mulklar bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlagan. 

Ma'lumot uchun, Murod Irmatov 1980 yil Toshkent viloyati, Qibray tumanida tug‘ilgan. 2004 yili Toshkent Iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Murod Irmatov 2011-2017 yillarda «Ko`chmas mulk savdo xizmati» MChJ bosh direktori lavozimida ishlagan.

Murod Irmatov
Foto: Toshkent shahri hokimligi
Top