Toşkent şahar hokimligi axborotiga köra, şahar muhitining yuqori çanglanişi şaroitida eng tezkor va samarali çoralardan biri sifatida yöl qoplamasi va unga tutaş hududlarni namlaş amaliyoti kuçaytirildi. Bu usul ilmiy asosga ega bölib, dunyoning qator yirik şaharlarida ham atmosfera havosi ifloslanişi avj olgan davrlarda qöllanadi.
Şu munosabat bilan Toşkent şahar hokimligi va Obodonlaştiriş boşqarmasi tomonidan:
- yöl qoplamasiga maxsus texnika yordamida suv sepiş;
- şahar böylab yaşil hududlarni suğoriş;
- favvoralar mavsumi yakunlanganiga qaramay, barça favvoralar va mikroiqlim qurilmalarini işga tuşiriş kabi çoralar amalga oşirilmoqda.
Hokimlik ma’lumotiga köra, bu usulning samaradorligi quyidagilar bilan izohlanadi:
- çang zarralarini kamaytiriş – havo ifloslanişining asosiy omillaridan biri – PM10 va PM2.5 ölçamdagi mayda çang zarraçalari. Yöl namlanganda uşbu zarraçalar suv bilan aralaşib, yerga çökadi va atmosferaga qayta kötarilişining oldi olinadi;
- ikkilamçi çanglanişni pasaytiriş – avtomobillar harakatini davom ettirgan holda quruq yöl yuzasidagi çang muntazam ravişda havoga kötarilib turadi. Namlangan yöl esa şu “ikkinçi darajali çanglaniş”ni sezilarli darajada kamaytiradi. Xalqaro tadqiqotlarga köra, bunday çanglaniş şahar PM çiqindilarining 25–40 foizini taşkil qilişi mumkin;
- mikroiqlimni sovitiş – yöllarga suv sepiş va yaşil hududlarni suğoriş orqali harorat biroz pasayişi natijasida çang havoda uzoq turib qolmaydi, ifloslantiruvçi moddalarni tezlaştiruvçi kimyoviy reaksiyalar sekinlaşadi, zarraçalar tezroq çökib borişga moyil böladi;
- yaşillikni qöllab-quvvatlaş – daraxt va butalar havodagi çangni öz barglari orqali uşlab turadi. Ifloslaniş yuqori davrlarida ösimliklarni suğoriş – ularni parvarişlaş bilan birga, şaharning tabiiy “filtr”lari samaradorligini ham oşiradi.
Hokimlik ta’kidlaşiça, yöllarga suv sepiş havo ifloslanişi muammosini töliq hal qilmaydi, ammo bir neça soat içida çang miqdorini sezilarli darajada kamaytiriş imkonini beradigan tezkor çora hisoblanadi.
Şu bilan birga, havo ifloslanişini kamaytiriş böyiça kompleks yondaşuv doirasida:
- issiqxona xöjaliklarida reydlar ötkaziş;
- qozonxonalarga filtrlar örnatiş;













