21:10 / 15.05.2018
5903

AKT vaziri «Koreya Telekom» vitse-prezidentini qabul qildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev 15 may kuni «Koreya Telekom» korporatsiyasi vitse-prezidenti janob Li Bek Xi bilan uchrashdi.

Foto:mitc.uz

Uchrashuvda tomonlar istiqbolda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining boshqa yo‘nalishlarida ham ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalasini muhokama qildilar.

Xususan, Koreya tomoni O‘zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot texnologiyalari, jumladan internetga simsiz ulanish xizmatlarini joriy qilish yuzasidan uzoq muddatli hamkorlikni amalga oshirishga tayyor ekanini ma'lum qildi.

Foto:mitc.uz

Har ikki tomon hamkorlikni chuqurlashtirish va birgalikda loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirdi.

«Koreya Telekom» (KT Corporation) korporatsiyasiga 1981 yilda asos solingan. Bugungi kunda korporatsiyasining yillik aylanma mablag‘i 18 mlrd dollarni tashkil qiladi. «Koreya Telekom» ayni paytda Osiyodagi yirik telekommunikatsiya operatorlaridan biri hisoblanadi. Mahalliy, shaharlararo hamda xalqaro aloqa va ma'lumot uzatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya Koreya Respublikasidagi telekommunikatsiya tarmoqlari va ma'lumotlar almashish sektorining asosiy qismiga egalik qiladi.

Top