Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston kompaniyasi O‘zbekiston qishloq hududlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlashda hamkorlikni taklif etdi
“Tejas Networks” telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi va loyihalovchi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, aloqa operatorlari, internet-provayderlar, mudofaa va davlat sektorlari uchun yuqori texnologik mahsulotlar yetkazib beradi.
Foto: Dunyo
O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustamboyev “Tejas Networks” kompaniyasi vitse-prezidenti Rajnish Khullar bilan uchrashdi.
Rajnish Khullar Hindistondagi yirik loyihalarni amalga oshirish tajribasi, jumladan, “BSNL” davlat operatori uchun milliy 4G tarmog‘ini yoyish va 250 mingdan ortiq qishloq aholi punktlarini yuqori tezlikdagi internetga ulash borasidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida “Tejas Networks” vitse-prezidenti “O‘zbektelekom” AK bilan 5G aloqa standartlariga o‘tish, simsiz infratuzilmani rivojlantirish va O‘zbekistonning qishloq hududlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash jarayonida o‘zaro hamkorlik qilishni taklif etdi.
Tomonlar O‘zbekiston hududida zamonaviy telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildi. Bundan tashqari, ilg‘or telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali muhandislar tayyorlash muloqotning muhim masalasiga aylandi.
“Tejas Networks” telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi va loyihalovchi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, aloqa operatorlari, internet-provayderlar, mudofaa va davlat sektorlari uchun yuqori texnologik mahsulotlar yetkazib beradi.
Mavzuga oid
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026
2026 yil trendi: turizm global raqobat maydoniga aylandi
10:15 / 24.04.2026