Quryozov tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasining Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantiriş masalalari departamenti rahbari örinbosari – sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.

Telekommunikatsiyalarni tartibga soliş agentligi 2025 yil avgust oyidagi prezident farmoni asosida taşkil etilgan.

Agentlikning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • telekommunikatsiya sohasidagi faoliyat va munosabatlarni tartibga soliş;
  • telekommunikatsiya sohasida yuridik şaxslar faoliyatiga litsenziya va ruxsat beriş;
  • telekommunikatsiya tarmoqlari va inşootlarini quriş böyiça loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qiluvçi yuridik şaxslarni akkreditatsiyalaş;
  • telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlarini, şuningdek tarmoqlararo ulanişlar tariflarini tartibga soliş;
  • telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytiriş tizimini rivojlantiriş;
  • global axborot tarmoğining milliy segmenti manzil fazosidan foydalaniş tartibini işlab çiqiş, domen nomlari tizimini belgilaş;
  • telekommunikatsiya uskunalarini markirovkalaş;
  • universal xizmatlar röyxati va ularning sifatiga qöyiladigan talablarni belgilaş;
  • operatorlar va provayderlar uçun teng şart-şaroitlar ta’minlaşga kömaklaşiş;
  • erkin raqobat asosida telekommunikatsiya xizmatlari bozorini şakllantiriş va rivojlantirişga kömaklaşiş va boşqalar.