Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemala prezidenti Al-Qudsda elchixona ochilishida ishtirok etish uchun Isroilga yetib keldi
Jimmi Morales va Binyamin Netanyaxu Foto: Xaim Tsax
Gvatemala prezidenti Jimmi Morales Al-Qudsda o‘z mamlakati elchixonasini ochish uchun 15 may kuni Isroilga keldi.
Gvatemala hukumatining ma'lum qilishicha, Gvatemalaning Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirilgan elchixonasi ochilishi 16 may kuni bo‘lib o‘tadi. Morales shu kuni Isroil prezidenti Reuven Rivlin va bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hamda Isroilda yashovchi yurtdoshlari bilan uchrashadi.
Morales 2017 yil dekabrda mamlakat elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishiga qaror qilgan. Gvatemala AQShdan keyin Al-Qudsda elchixonasini ochayotgan ikkinchi davlat bo‘ladi. AQSh 14 may kuni Isroil aholisining olqishlari, falastinliklarning noroziliklari va xalqaro hamjamiyatning xavotiri ostida Al-Qudsda elchixonasini ochdi.
Mavzuga oid
21:17 / 11.07.2025
Gvatemala sohillarida 2,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
21:04 / 30.05.2025
Gvatemaladan mayyalarning salkam 3 ming yillik shahri xarobalari topildi
00:49 / 11.02.2025
Gvatemalada yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan jarga quladi. Kamida 51 kishi halok bo‘ldi
18:21 / 08.11.2024