Jamiyat | 07:36 / 15.05.2018
31569
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobod tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanal bo‘yida ayol kishining jasadi topildi

Kecha Yunusobod tumani, «O‘zbekGidroenergo-1» AJ hududidan oqib o‘tuvchi Yuqori Bo‘zsuv kanali bo‘yida ayol kishining jasadi topildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Belgilari: yoshi - taxminan 25-30 yosh, bo‘yi - 167-169 sm. Alohida belgilari yo‘q. Tananing bo‘ynidan qora teri tasmali uchburchak shakldagi yorqin kulrang rangli klon temir taqinchoq; qizil bantikli mato zakolka («rezina); qo‘lida binafsha rangli manikyur aniqlangan.

Foto: IIBB axborot xizmati
Foto: IIBB axborot xizmati

Ushbu belgilar tanish bo‘lganlardan «102» raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki yaqin atrofdagi IIBga xabar berishlari so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid