Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda advokatlarning elektron reyestri paydo bo‘ladi
O‘zbekistonda advokatlarning elektron reyestri paydo bo‘ladi. Bu prezidentning "Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida belgilab qo‘yilgan.
Hujjat bilan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi, ulardan biri advokaturaga IT joriy etishni nazarda tutadi.
Misol uchun, advokat maqomini olish uchun imtihon internetda translyatsiya qilinadi – bu jarayonning shaffofligini oshiradi. Hujjatlar masofadan turib topshirilishi mumkin.
Shuningdek, advokatlarni yo‘nalishlar bo‘yicha (mutaxassislik, joylashuv va h.k.) elektron qidiruv xizmatini yaratish nazarda tutilgan. Advokatlar palatasi raisining tegishli buyrug‘i 2018 yil sentabrigacha paydo bo‘lishi kerak.
Palataning veb-sayti ham modernizatsiya qilinadi – u yerda onlayn-maslahat, elektron kutubxonaga kirish, «Advokat» jurnalining elektron shakldagi nashri va yana ko‘p narsalar bo‘ladi.
2018 yil dekabrigacha advokatlar va advokatlik tuzilmalarining yagona elektron reyestrini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tayyor bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq advokat 2018 yil 1 iyuldan boshlab nizolarni sudga qadar hal qilish, taraflarning yarashuvi, shuningdek, hakamlik sudyasi bo‘lish (bunda advokat tomonlardan birining vakili bo‘lishi istisno sanaladi) huquqiga ega bo‘lishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
08:36 / 18.02.2026
O‘zbekistonda tan olinadigan akkreditatsiya tashkilotlari reyestri yuritiladi
11:54 / 16.02.2026