Bu maqolani yoziş xayolimga bugun yoki keça kelgani yöq. Ammo erta tongda ijtimoiy tarmoqda muhrlangan post, miyamda ançadan buyon ğujğon öynayotgan fikrlarni qoğozga tuşirişga majbur qildi.
Boşqa millatlarni bilmadim-u, ammo egallagan mansabidan foydalaniş hissi özbekning qon-qoniga singib ketganligi aniq. Qorovul böladi, farroşmi yoki direktor xullas hammasi qulay şaroitdan foydalanib qolişga, kerak nokerak bölsa-da, nimanidir undirişga intiladi. Oqibatda bir-ikki insonning hakalak otgan nafsi sabab, boşqa muammolar yuzaga keladi, odamlar ulardan emas, balki yurtdagi şaroitdan nolişadi, xurjunini yelkasiga osib susambil umidida xorijga otlanişadi. Ha, işonavering, katta muammolarning ildizi har doim kiçiklariga borib taqaladi.
Yaqin tanişlarimdan birining turmuş örtoği 4 yil avval Sirdaryoda qurilgan katta quriliş obektida haydovçi bölib işladi. Maoşidan nolimasdi, haftada bir marta oilasidan xabar olib, yana Sirdaryo sari otlanardi. Bir kun ayoli gap orasida “Sizga brezent qölqoplar kerakmasmi?” deb sörab qoldi. "Ha" deganimdan keyin uyidan 10kg.lik katta xaltada töla brezent qölqoplarini olib çiqdi.
- Öhho‘, şunça qölqopni qayerdan oldingiz? Juda köp-ku, - dedim qölimga tutgan xaltani arang kötarib.
- Xöjayinim qurilişda işlayapti, har kelganda maşinaning orqasini töldirib keladi. Keça 2 qop qölqop, sement, yana allanimalar olib keldi. Nima qilaman şunça qölqopni desam qöni-qöşnilarga tarqat, dedi. Hovli-köçani supurganda işlatarsiz, qölingizni qadoq qilmaydi, - dedi.
Noiloj rahmat degança brezent qölqoplarni oldim, mana oradan 4 yil ötgan bölsa ham xaltaning tagi körinmayapti.
Bu bir haydovçining orttirganlari haqida qisqaça ma'lumot edi. Qolganlar ham undan kamini ömarmagandir, kattalar-ku, “ölja”ni mayda-çuyda qilib olişmaydi, ular katta-katta yeb örganişgani aniq. Ana endi sifatsiz topşirilayotgan uylar, bir qiş, yoz körmay ohori tökilayotgan binolar qayerdan paydo bölayotgani haqida mulohaza yuritib köravering.
Yaqinda suhbat orasida hamkasblarimdan biri 80ga yaqinlaşib qolgan qaynonasining nabirasiga qilgan maslahati haqida kulib gapirib qoldi:
- Jiyanlarimizdan biri yonğoq, bodom va kungaboqar pistasini qadoqlaydigan kiçik sexlarning biriga işga kirgandi. Qaynonam dasturxon atrofida xöp qiziq gapni aytib, nabirasiga nasihat qildi. “Hozir pista-bodom juda qimmat, işdan qaytayotganda, çöntagingga bir siqimdan bölsa ham solib olgin, mehmon kutganda bozordan sotib olmaysan. Boylarniki kamayib qolmaydi”, - dedi.












