Bundan bir hafta avval Çilonzor tumanining Novza köçasidan ötgan anhor böyi obodonlaştirildi. Jadal davom etgan iş jarayonida piyodalar yölagi beton qilinib, yöl çetidagi daraxtlar tartibga keltirildi hamda örindiqlar va çiqindi qutilari örnatildi. Ammo bugun kunning birinçi yarmidayoq negadir ularning hammasi qaytarib olib ketildi. Çiqindi qutilariga töplangan çiqindilar esa anhorga tökildi.
Bundan bir neça kun oldin Toşkent şahrining Çilonzor tumani Novza köçasidan ötgan anhor böyida jadallik bilan obodonlaştiriş işlari boşlandi. Ikki kun içida hududdagi piyodalar yölagi beton qilindi, örindiq va çiqindilar qutilari örnatildi.
Biroq aholi bularning hammasi vaqtinça bölganini 29 iyun tongida bilib qolişdi: negadir örindiqlar va çiqindi qutilari traktorga ortilib, bitta ham qoldirmay olib ketildi. Çiqindi qutilariga töplangan çiqindilar esa barçaning köz öngida anhorga ağdarildi.
Kun.uz muxbiri işçilar bilan suhbatlaşdi. Ularning ma’lum qilişiça, topşiriqni Toşkent şahar kanallardan foydalaniş va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş boşqarmasi rahbariyati bergan. Jihozlar vaqtinça olib kelingan, ular aslida Ğofur Ğulom boğining mulki bölgan.
Örindiqlar va çiqindi qutilari boşqa boğning mulki bölgan holda nega qisqa muddatda bu hududga keltirib örnatilgani hamda bir neça kun ötgaç qaytarib olib ketilgani ma’lum emas. Kun.uz holat yuzasidan Çilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati bilan boğlanişga harakat qildi, ammo buning imkoni bölmadi.












