Çilonzor tumani 5-mavzesida 3 may kuni köp yillik daraxtning qulaşi oqibatida bir yoşli qizaloq vafot etgandi. Hududda poytaxtning issiqlik ta’minoti operatori – Veolia Energy kompaniyasi ta’mirlaş işlarini olib borayotgani, mas’ullarning ehtiyotsizligi sabab şu holat yuzaga kelgani ma’lum bölgandi.
Voqea ortidan kompaniya qizaloqning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, iş jarayoniga özgartiriş kiritişini aytdi.
“Biz oilaga har qanday yordamni taqdim etişga tayyormiz. Bu fojiali yöqotiş va heç bir söz bilan ifoda etib bölmas musibat ekanligini anglaymiz. Qizaloq oilasiga çuqur ta’ziyamizni bildiramiz.
Ayni damda kompaniyamiz keng qamrovli tekşiruv işlarini olib bormoqda va mas’ul şaxslarga nisbatan çoralar köradi, şuningdek, iş jarayonlariga, şu jumladan ta’mirlaş işlariga özgartirişlar kiritadi.
Körib çiqilayotgan imkoniyatlar:
- daraxtlar va boşqa köp qavatli obektlar yaqinida iş olib borilganda, amaldagi me’yorlarda nazarda tutilganidan kattaroq maydonni tösib qöyiş;
- xavfli zonaning perimetri atrofida odamlarning kirişini çeklaş uçun işçi xodimlarni joylaştiriş”, – deyiladi izohda.
Bundan taşqari, kompaniya agar işlar potensial xavfli obektlar, misol uçun, quruq daraxtlar, eskirgan inşootlar yaqinida amalga oşirilsa, tayyorgarlik tadbirlarini ötkaziş uçun maxsus xizmatlar jalb qilinişini (quruq daraxtlarning şoxlarini kesiş, beqaror inşootlarni demontaj qiliş, va boşqalar) qayd etgan.
“Yana bir bor hamdardligimizni izhor qilamiz. Bu örnini töldirib bölmaydigan yöqotişdir”,– deydi Veolia Energy.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kun.uz hodisa sabablarini örgangandi. Tahririyat e’lon qilgan materialdan söng Boş prokuratura jinoyat işi qözğatilganini











