Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zsanoatqurilishbank” Germaniyaning KfW IPEX-Bank’i bilan 100 million yevrolik banklararo kredit bitimini imzoladi
Joriy yilning 15 may kuni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Germaniyaning KfW IPEX-Banki bilan 100 million yevrolik banklararo kredit bitimini imzoladi.
Bitim tadbirkorlik sub'yektlarini, ularning yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga hamda Yevropa mamlakatlaridan yuqori texnologik uskunalar, tovarlar va xizmatlar importini moliyalashtirishga xizmat qiladi. Mazkur bitim doirasidagi loyihalar Euler Hermes, SERV, SACE singari eksport kredit agentliklari kafolati asosida 10 yil muddatgacha moliyalashtiriladi.
E'tiborlisi, mazkur kredit liniyasi davlat kafolatini taqdim etish borasidagi mexanizmsiz jalb qilingan.
KfW IPEX-Bank Germaniyaning KfW Group banklari guruhi a'zosi sifatida Germaniya davlati va uning tashqarisida eksportni va loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.
Oxirgi 10 yilda KfW IPEX-Bank 3 mingdan ortiq loyihalarni moliyalashtirgan va ushbu bank tomonidan taqdim qilingan kreditlar miqdori 143 milliard yevrodan ortiqni tashkil qilgan.
Ta'kidlash joizki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Germaniyaning Commerzbank AG, Landesbank Baden-Württemberg va boshqa moliya tashkilotlari bilan faol hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan hamda ushbu hamkorlarning kredit liniyalarini iqtisodiyotimizning neft va gaz, kimyo, avtomobilsozlik sanoati korxonalarini va kichik biznes sub'yektlarining turli investitsion loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirib kelmoqda.
Mavzuga oid
23:15 / 28.03.2023
Asakabank va O‘zsanoatqurilishbank kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etiladi
14:10 / 31.10.2022
“O‘zsanoatqurilishbank” xodimlari uchun Tracker-2 va Equinox mashinalari xarid qilinadi
20:00 / 23.12.2021
Toshkentda Tadbirkorlar maktabi ochildi
12:00 / 03.12.2021