Ziroat Mirziyoyevaga AQSh vitse-prezidentining rafiqasi hamrohlik qilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning turmush o‘rtog‘i Karen Pens hamrohlik qildi. Bu haqda amerikalik siyosatchining ayoli Tvitterdagi sahifasida ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning AQShga safari oldidan Prezident Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp kichik jarrohlik amaliyotini boshdan kechirib, shifoxonada davolanmoqda. Shu tufayli, o‘zbekistonlik oliy mehmonga mamlakat vitse-prezidentining ayoli hamrohlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi chog‘ida ham birinchi xonimlar haqida rasman ma'lumot berilmagandi.
Diplomat etiket bo‘yicha davlat rahbarining turmush o‘rtog‘iga, unga teng maqomda bo‘lgan mezbonning rafiqasi yoxud ayrim holatlarda ularning o‘rindoshlari hamrohlik qilishi mumkin.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
07:52
Ziroat Mirziyoyeva COP29'da O‘zbekiston milliy pavilioni bilan tanishdi
22:03 / 12.11.2024