07:52 / 18.05.2018
4261

AQSh Tramp va Kim Chen In uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettirmoqda – OAV 

Foto: Yonhap News

AQSh Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettirmoqda, hech qanday o‘zgarish yo‘q. Bu haqda jurnalistlar uchun brifingda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi. 

“Prezident tayyor, u uchrashuvga tayyor bo‘ladi. Ayni vaqtda tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz. Agar shimoliy koreyaliklar biz bilan uchrashishni istasalar, biz u yerda bo‘lamiz. Siz Shimoliy Koreyadan rejalar qandayligi haqida so‘rashingiz kerak”, deb aytgan Sanders.   

Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvi 12 iyunda Sinngapurda o‘tishi kerak. Biroq Yonhap axborot agentligi 15 may kuni Shimoliy Koreya 16 mayga Seul bilan belgilangan uchrashuvni bekor qilgani, chunki o‘tgan juma kuni AQSh va Janubiy Koreyaning birgalikdagi harbiy-havo mashqlari Max Thunder boshlanganini ma'lum qilgan. Pxenyan shuningdek AQSh va Shimoliy Koreya sammiti o‘tishini savol ostiga qo‘ygan. 

Top