Jahon | 22:02 / 18.05.2018
3637
2 daqiqa o‘qiladi

Ekvador Assanjni qo‘riqlayotgan xodimlar sonini qisqartirdi

Foto: EPA

Wikileaks asoschisi Jullian Assanj yashirinayotgan Ekvadorning Buyuk Britaniya elchixonasidan zudlik bilan qo‘shimcha qo‘riqchilar olindi. Bunday qarorni Ekvador prezidenti Lenin Moreno qabul qilgan.

Endilikda elchixonada odatdagi sondagi xodimlar bo‘lishi kerak. Ekvador hukumati ushbu qarorining sababini tushuntirmagan. 

Moreno Assanj qo‘riqchilari sonini The Guardian nashrining tergovi haqidagi maqoladan bir kun o‘tib qisqartirdi. Maqolaga ko‘ra, Assanjni qo‘riqlashga kamida 5 mln dollar sarflangan. Jumladan, hukumat politsiya ortidan kuzatish uchun maxfiy agentlarga, videokuzatuv tizimlariga xizmat ko‘rsatishga haq to‘lagan. Shuningdek, qo‘riqlash firmasi Assanjga har bir tashrif buyuruvchi bo‘yicha maslahat bergan. Firma dastlab bu tashrifchi bo‘yicha ma'lumotlar to‘plagan. Assanjni qo‘riqlash byudjyetini Ekvadorning avvalgi prezidenti Rafael Korrea tasdiqlagan. Assanjni qo‘riqlash uchun oyiga 66 ming dollargacha pul sarflangan. Ta'kidlanishicha, Ekvador hukumati o‘zining ehtiyotini qilgan.   

Mart oyida Ekvador hukumati Assanjni “xalqaro ishlarga aralashmaslik” majburiyatini buzgani uchun internetdan mahrum qilgandi. OAVning ma'lum qilishicha, bunga Assanjning Sergey Skripalning zaharlanishi borasidagi tvitlari sabab bo‘lgan.

Assanj Ekvador elchixonasida 2012 yildan beri qolmoqda. U maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilish ishi bo‘yicha AQShga topshirilishidan xavotirlanmoqda. Agar Assanj elchixonani tark etsa, Buyuk Britaniya politsiyasi uni amaldagi order bilan qo‘lga olishi mumkin.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid