Jahon | 16:45 / 18.05.2018
12269
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml: ba'zi davlatlarning Suriyada bo‘lishi noqonuniy

Foto: TASS /Valeriy Sharifulin

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, xorijiy qurolli kuchlar vakillarining bir qismi Suriya hududini tark etishi kerak, sababi siyosiy jarayon boshlanganidan so‘ng u yerda qolish uchun asos yo‘qdir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy davlatlar qurolli kuchlarining ba'zi vakillari Suriyada «xalqaro huquq rejimi nuqtai nazaridan de-fakto noqonuniy tarzda» bo‘lib turibdi. Uning ta'kidlashicha, Rossiya tomoni mamlakat hududida uning rahbariyati iltimosi bilan qolmoqda va buning uchun barcha qonuniy asoslarga ega.

«Biroq, barcha mamlakatlar ham Suriyada qolish uchun yuridik jihatdan huquqqa ega emas», - deya ma'lum qilgan Peskov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Suriyadagi kimyoviy hujumlarga Rossiya aybdor bildirgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid