AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauertning ma'lum qilişiça, beş yil muqaddam Suriya hududida kimyoviy qurol yöq qilinişiga kafolat bergan Rossiya röy bergan barça hodisalarga mas'uldir. Bu haqda AQŞ Davlat departamenti bayonotida aytiladi.
Nauertning sözlariga köra, AQŞ kimyoviy qurol qöllanilişini qabul qilib bölmas, deb hisoblaydi va uni qöllaşda aybdor bölgan barçani javobgarlikka tortişga harakat qilmoqda. Şuningdek, Suriyaning Sarakibasida xlor qöllanganiga Rossiya mas'ul ekanini bildiradi.
«Rossiya 2013 yilda butun dunyoga Suriyadagi kimyoviy qurol zaxiralari yöq qilinişiga kafolat bergandi. Yakunda aynan uşbu davlat bunday moddalar u yerda qöllanilayotganiga javobgardir», - deyiladi bayonotda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar tayyorlaş haqida topşiriq bergandi.












