Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 50ta ko‘p qavatli uy quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining Sulton Jo‘ra mahallasida qurilgan uy-joylarni borib ko‘rdi.
«Davlatimiz rahbarining o‘tgan yilgi tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar asosida ushbu mahallada beshta, Mustaqillik mahallasida ikkita 7 qavatli uy qurilib, foydalanishga topshirildi.
Joriy yilda 14ta shunday turar joy barpo etilayotgan edi. Prezidentimiz Andijonda bu masala dolzarb ekanini inobatga olib, joriy yilda qo‘shimcha yana beshta 7 qavatli uy qurish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shu tariqa, bu yil Andijon shahrida 19ta, yaqin yillarda jami 50 ta ko‘p qavatli uy bunyod etiladi», deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.
Shu yerda Andijon viloyatida amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlari, kommunal tarmoqlarni yaxshilash loyihalari taqdimoti o‘tkazilgan.
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida ichimlik suvi tarmoqlarini rivojlantirish uchun 200 milliard so‘m mablag‘ ajratishga ko‘rsatma bergan.








Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026