Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotojamlanma: Mudofaa vazirligida taniqli yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda
Farg‘ona shahridagi Sharqiy harbiy okrug Ma'naviyat va ma'rifat markazida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvda Mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikramov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo‘limi vakili Xursanoy Islomova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi, shoira Enaxon Siddiqova, taniqli shoir va yozuvchilar ishtirok etdi. Mazkur ijodiy guruh ikki kun mobaynida Andijon, Namangan viloyatlaridagi harbiy qismlarga ham tashrif buyurdi. Ijodkorlar harbiy qism hududidagi buyuk ajdodlarimiz va sarkardalarimiz haqidagi ko‘rgazmali vositalar, ma'naviyat xonalari, elektron kutubxonalar bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv so‘ngida askarlar o‘z ijod namunalaridan o‘qib, shoir va yozuvchilar olqishiga sazovor bo‘lishdi. Qalam ahli bilan ustoz-shogird an'analarini joriy qilish, harbiy qismda ijod to‘garaklari tashkil etish bo‘yicha takliflar qo‘llab-quvvatlandi.
Jizzax shahridagi harbiy qismda va «Forish» tog‘ dala o‘quv maydonida harbiy amaliy mashg‘ulotlar yakunlanganidan so‘ng harbiylar bilan badiiy-ijodiy kecha o‘tkazildi. Uchrashuvda Mudofaa vazirligi mas'ul ofitseri M. Abilov, «Kamolot ko‘zgusi» gazetasi bosh muharriri B. Xudoyberdiyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi mudirasi, shoira M. Abdurahmonova ishtirok etdi. Shoir va yozuvchilar tomonidan she'rlar o‘qildi. Milliy va jahon adabiyoti namunalaridan vatanparvarlikni madh etuvchi parchalar tinglandi. Harbiylar tomonidan «Mendurman o‘shal» qo‘shig‘i jo‘r bo‘lib kuylandi.
Mavzuga oid
18:36 / 13.01.2026
Harbiy xizmatchilarning oyliklari oshiriladi
15:51 / 13.01.2026
«Zamonaviy urush tabiati tubdan o‘zgardi» – prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida
18:07 / 17.11.2025
Toshkentda 18 noyabr kuni harbiylarning tantanali yurishi bo‘lib o‘tadi
18:14 / 30.07.2025