Istanbul va Kobulni bog‘lovchi yangi havo yo‘nalishi ochilmoqda
Yaqin kunlarda Istanbulni Kobul bilan bog‘lovchi yangi havo yo‘lagi ochilishi kutilmoqda. Bu haqda Afg‘oniston savdo va sanoat vazirligi vakili Muafir Qo‘qondiy ma'lum qildi.
Qo‘qondiyning aytishicha, yangi yo‘nalish ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasini oshirishga imkon beradi. Uning ta'kidlashicha, Turkiya bilan havo yo‘lagi Afg‘onistonni tashqi dunyo bilan bog‘lovchi uchinchi havo ko‘prigi bo‘ladi. Ayni vaqtda bunday yo‘nalishlar Hindiston va Qozog‘iston bilan yo‘lga qo‘yilgan.
Afg‘oniston hukumati yangi yo‘nalish evaziga mahalliy mahsulotlarni Yevropa bozoriga ham olib chiqishni rejalashtirmoqda.
Qo‘qondiyning aytishicha, Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi bilan kelishuvga ko‘ra, birinchi reys orqali Istanbulga Afg‘onistondan 15 tonna yuk: kiyim-kechak, quruq va ho‘l mevalar hamda dorivor o‘t-o‘lanlar yetkaziladi.
“Bu transport Afg‘oniston uchun juda muhimdir. U Turkiya mahsulotlarining afg‘on bozoriga yetkazilishini oshirishga ham imkon beradi”, deb ta'kidlab o‘tgan Qo‘qondiy.
Afg‘oniston vakilining ma'lum qilishicha, 2017 yilda Turkiya Afg‘onistonga 172,3 mln dollarlik mahsulot yetkazgan.
Mavzuga oid
18:42 / 10.09.2024
Firibgarlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyada ushlandi
11:22 / 06.09.2024
Istanbulga ammasi taklifi bilan borib, ko‘chada qolib ketgan 21 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi
17:30 / 25.08.2024
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar bolalarini maktabga berishda e’tiborli bo‘lishga chaqirildi
18:05 / 26.06.2024