Mehnat qiliş inson turmuş tarzining ajralmas qismi. Çunki u orqali inson ijtimoiy hayotda ham moddiy, ham ma'naviy darajaga ega böladi. Şuning uçun mehnat munosabatlari qonun yöli bilan mustahkamlab qöyilgan. Mehnat qadrlanişi va uning munosib baholanişi şaxsni rağbatlantirişga hamda jamiyat farovonligiga sabab böladi. Agar buning teskarisi bölsa-çi? «KUN.UZ» tahririyatiga kelib tuşgan maktublardan biri ana şu savolni berişga majbur qildi.
«Assalomu alaykum. Aççiq xabar bor edi... Farğona neftni qayta işlaş zavodida köp yillik iş stajiga ega xodimlar juda ham haqoratomuz maoşlar olişyapti. Masalan, 32 yillik umrini şu zavodga bağişlangan, har yili paxta mavsumida Qoraqalpoğistongaça borib, oylab oilasidan uzoqda, qiyin şaroitlarga könib, paxta tergan, 4 nafar farzandi (3 qiz va 1,5 yoşli öğli) bor, rafiqasi uyda ötiradigan, boşqa daromad manbai yöq erkakning oylik maoşi 450 000 söm bölsa, nazarimda bu noinsoflik va adolatsizlik!
Şu masalada zavodning faoliyatiga e'tibor qaratib, bu masalaga adolatli yeçim topişga yordam zarur. Birgalikda kuraşaylik. Qaçongaça bunaqa holatlar davom etaveradi?».
Haqli savol, qaçongaça?
Ötgan safar ham xuddi şu mazmundagi murojaat yöllangan va biz uni bir maqolaning ostida ilova tarzida e'lon qilgan edik. Mana, öşa murojaat:
«Şifokor bölganingizda bilar edingiz. Oyliklar qançaligini ham yozmabsizda. Eng köpi bilan 2 mln söm. Töğri, korrupsiyaga qarşi kuraşiş kerak, lekin şifokor ham odam, uning ham oilasi, farzandlari bor. Şifokor ham joyi kelsa birovga işi tuşib boradi va, albatta, ularga «siz şifokor, xalqqa xizmat qilasiz, keling, bizning xizmatlarimiz ham sizga bepul», deb xizmat qilişmaydi. Olgan oyligidan svetga tölasinmi, gazgami, soliqqami, bolasining tuşligigami, rözğorning kam-köstigami, borib kelişi uçun yöl haqigami. Ba'zi şifokorlar pulga juda öç böladi, buni juda yaxşi bilaman, lekin şifokorlarga yopişib oliş töğri iş emas. Şifokorga bir kunda qançalab bemor keladi, bolalarning barçasi yiğlaydi, birovi gapni tuşunadi, birovi tuşunmaydi. Birovi xuşmuomala va sizga öxşab iymanib turadi, qolganlari esa betgaçopar, har narsada nimaga bepul emas, nima uçun pul olasiz, deb asabga tegadi. Bunday muomaladan keyin şifokorning asabi buzilmasdan eyforiyada bölsinmi? Qani, ota-onasi, yaqinlari şifokor bölganlar bu gaplarni inkor eta olarmikin? Keyingi safar şifokorga borişda şuni ham yoddan çiqarmaslik kerakmikan...».
Yozuvçi V. A. Suxomlinskiyning şunday gapi bor: «Öz qadr-qimmatini bilmasdan turib, ma'naviy boylikka yetişişni tasavvur qiliş qiyin». Bugun biz millat sifatida öz qadr-qimmatimizni bilmasak, eski xayollar, özibölarçilik kayfiyatida yursak bizga zarur boylikka erişa olmaymiz. Ya'ni, insonning jamiyatdagi qadriga.











