O‘zbekiston | 08:21 / 29.03.2022
6177
3 daqiqa o‘qiladi
Favqulodda holat davrida kuchishlatar tuzilmalar xodimlariga oshirilgan koeffitsiyentda maosh to‘lanishi belgilanmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilar:
- “Favqulodda holat joriy etilgan hududda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda ta’minlash uchun band bo‘lmagan aholini jalb etish va ularning mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom;
- “Favqulodda holatni joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar natijasida hamda bunday holatlarni yo‘q qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qo‘llanilishi oqibatida jabrlangan shaxslarga zarur yordamni ko‘rsatish va yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom;
- “Favqulodda holatni ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish, shuningdek, mazkur shaxslarga nisbatan qo‘shimcha kafolatlar va kompensatsiyalar qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizom;
- “Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlanadi.
Belgilanishicha, favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarga:
- favqulodda holat davrida Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlarining pul ta’minot maoshlari (lavozim maoshi va harbiy (maxsus) unvon maoshi yig‘indisi), shuningdek davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdori 1,5 oshirish koeffitsiyenti qo‘llaniladi;
- Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchi va shahodatlangan xodimlari hamda Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya tayinlash uchun xizmat stajini hisoblashda bir kuni uch kunga tenglashtirilib hisoblanadi;
- favqulodda holat rejimini saqlash bilan bog‘liq topshiriqlarni bevosita amalga oshirish davomida olgan yaradorligi, kontuziyasi va jarohatlanganligi oqibatida gospital va boshqa davolash muassasalarida bo‘lgan xodimlar ushbu davrdagi xizmat (harbiy xizmat) muddati bir kuni uch kunga tenglashtirilib hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:07 / 25.12.2024
Isroilda favqulodda holat yana bir yilga uzaytirildi
22:48 / 18.09.2024
Britaniyada kapalaklar kamayib ketayotgani tufayli «favqulodda holat» e’lon qilindi
11:10 / 16.08.2024
Belgorod viloyatida federal darajadagi favqulodda holat rejimi joriy etilmoqda
12:14 / 14.08.2024