Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramazon oyida “Ziyo” media-markazi qator ko‘rsatuv va eshittirishlarni efirga uzatadi
Kunlar kunlarni quvib, oylar oylarga almashib zaminimizga muborak Ramazon oyi kirib keldi. Mo‘min-musulmonlar qalbida cheksiz hayajon, intizorlik va alohida tayyorgarlik bilan ushbu mohi sharifni qarshi olishdi. Rivoyatlarda kelishicha, Ramazon oyi kirishi arafasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ey insonlar! Buyuk va muborak oy sizlarga yaqin keldi”, deb marhamat qilgan ekanlar. Ha, intiq kutilayotgan ushbu oy buyuk va muborakdir. Zero, Olamlarning Robbisi Alloh taoloning O‘zi Ramazonni muhtaram qilgan hamda sharafini ziyoda etgan. Bu oy – eng ezgu amallar, savob ishlar pallasi, xayru saxovat, mehru muruvvat, rahmat va mag‘firat ayyomi. Uning ana shunday behisob fazilatlaridan unumli foydalanib qolish har bir musulmonning oliy maqsadidir.
“Ziyo” media-markazi ijodiy jamoasi yurtdoshlarimizni, qadrli muxlislarimizni ana shu qutlug‘ oy bilan chin dildan muborakbod etgan holda, o‘z dasturlari orqali siz azizlarga Ramazon tuhfalarini taqdim etishini ma'lum qiladi. Ushbu muborak oy davomida har kuni saharda soat 3:00 da va iftorda soat 18:50 da “O‘zbekiston” telekanalining “Ramazon tuhfasi" dasturida “Hidoyat sari” dasturlari bilan birgalikda ko‘rsatuvlarimizni tomosha qilishingiz mumkin. Ijodiy jamoa muborak Ramazon oyining xalqimiz hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan holda, ushbu dasturlarda Ramazon fazilatlarini kengroq ochib berishga harakat qiladi, bu oydan yanada ko‘proq manfaat olish uchun qaysi amallarga ahamiyat qaratish zarurligiga hamda muxlislardan kelib tushgan savollarga alohida to‘xtaladi.
Shu bilan birga har kuni saxar va iftor vaqtlarida “Oriat dono” va “Navro‘z” radiokanallari orqali “Ziyo chashmasi” hamda “Ma'rifat ziyosi” ruknlari ostida Ramazon suhbatlari ham efirga uzatiladi. Har kuni saharlik va iftorlik vaqtlarida yurtimizdagi eng yetuk ilm ahllari, imom domlalarimizning ma'rifatga yo‘g‘rilgan mavzulardagi ma'ruzalariga some' bo‘lishingiz mumkin.
“Ziyo” media-markazi Ramazon oyini munosib tarzda o‘tqazish maqsadida siz aziz muxlislarga tayyorlagan tuhfalari shular bilan tugamaydi. Bizni internet manzillari, ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy kanallar orqali kuzatib boring va yanada dolzarb va muhim loyihalarimizdan bahramand bo‘ling.
Ramazon oyingiz muborak bo‘lsin!
Mavzuga oid
17:44 / 25.03.2025
Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda joriy Ramazon oyi 29 kunda yakunlanishi kutilyapti. 30 mart Hayit bo‘lishi mumkin
10:32 / 01.03.2025
Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi
22:08 / 28.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi
17:09 / 28.02.2025