O‘zbekiston | 09:00 / 20.05.2018
17766
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev bugun Andijonda bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi va harbiy qismga boradi

Andijonda prezident tashrifi davom etadi. 

«Kun.uz» manbasi xabariga ko‘ra, bugun, 20 may kuni Shavkat Mirziyoyevning Andijon shahridagi nodavlat va davlat maktabgacha tarbiya muassasalaridagi yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishi, harbiy qismda bo‘lishi hamda shahardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 19 may kuni Andijon viloyatiga kelgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid