O‘zbekiston | 23:15 / 21.05.2018
4988
2 daqiqa o‘qiladi

BMT va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida 2022 yilga qadar hamkorlik dasturini tasdiqladi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

BMT​ Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)​ va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan umumiy qiymati 24 mln. AQSh dollariga teng hamkorlik Dasturining ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish va mazkur Dasturni o‘zaro tasdiqlash masalalari kelishib olindi.​​ Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Bahodir Yusupov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi joriy yilning 16-18 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Voronej shahrida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tashkil etilgan 31-Mintaqaviy vazirlar konferensiyasi ishida ishtirok etdi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

Mazkur konferensiya ishida FAO'ning Bosh direktori Grasiano Da Silva, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Markaziy federal okrugi bo‘yicha vakili, Rossiya Federatsiyasining Bosh vazir o‘rinbosari​ Gordeyev A.V, Voronej viloyati Gubernatori Gusev A.V., 43 mamlakat qishloq xo‘jaligi vazir va vazir o‘rinbosarlari, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Konferentsiyada Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish maqsadida “Global ekologik jamg‘arma” va “Yashil iqlim jamg‘armasi” ning mablag‘larini jalb etish va shu maqsadda FAO bilan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan umumiy qiymati 24 mln. AQSh dollariga teng hamkorlik Dasturining ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish va mazkur Dasturni o‘zaro tasdiqlash masalalari kelishib olindi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid