Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zsanoatqurilishbank” Annexure Financial Solutions bilan 100 mln dollarlik hamkorlik memorandumini imzoladi
ATB “O‘zsanoatqurilishbank” va Annexure Financial Solutions konsalting kompaniyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni va xorijiy kapitalni jalb qilish, investorlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarni ilgari surish bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan Memorandum imzoladi.
Hamkorlik manfaatdor strategik investorlarni topish va umumiy qiymati 100 million AQSh dollarigacha bo‘lgan xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga imkon beradi. Bu esa o‘z navbatida tadbirkorlik sub'yektlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga bo‘lgan qiziqishini oshishiga turtki bo‘ladi.
Annexure Financial Solutions kompaniyasi Toshkent va dunyoning eng yirik biznes megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxayda (Xitoy) biznes va investitsiya forumlari o‘tkazib kelmoqda.
Annexure Financial Solutions konsalting kompaniyasining Bosh ofisi Gonkongda joylashgan, Shanxay va Toshkent shaharlarida vakolatxonalariga ega. Kompaniya dunyo miqyosida e'tirof etilgan investitsion kompaniyalarga hamkorlar, investorlar va mijozlar bilan aloqa o‘rnatish, ko‘rishish va aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Joriy yilning boshida Toshkent shahrida vakolatxonasini ochgan kompaniya kichik biznes sub'yektlari, davlat idoralariga strategik konsalting, korporativ konsalting va qimmatli qog‘ozlar bozorini tahlil etish bo‘yicha xizmatlarini taklif qilib kelmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
23:15 / 28.03.2023
Asakabank va O‘zsanoatqurilishbank kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etiladi
14:10 / 31.10.2022
“O‘zsanoatqurilishbank” xodimlari uchun Tracker-2 va Equinox mashinalari xarid qilinadi
20:00 / 23.12.2021
Toshkentda Tadbirkorlar maktabi ochildi
12:00 / 03.12.2021