17:55 / 22.05.2018
11907

Farg‘ona viloyati qurilish bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan Farg‘ona viloyati qurilish bosh boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Alisher Muxtorovich G‘aniyev Farg‘ona viloyati qurilish bosh boshqarmasiga yangi boshlig‘i etib tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov 2018 yilning 21 may kuni bu haqdagi tegishli farmoyishni imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi bilan Jyengisbay Yembergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri, Bahrom Nazarov Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Olimjon Ahmedov Toshkent viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.

 

Top