Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AKTni rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi tarkibi tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasini yanada rivojlantirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish to‘g‘risida» 2012 yil 19 dekabrdagi 356-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.
Vazirlar Mahkamasining «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasini yanada rivojlantirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish to‘g‘risida» 2012 yil 19 dekabrdagi 356-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 1-ilovaning 15-bandida:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
«Jamg‘arma Kengashi Jamg‘armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi»;
b) uchinchi xatboshidagi «vazirining o‘rinbosari» so‘zlari «vaziri» so‘zi bilan almashtirildi.
2. 3-ilova quyidagi tahrirda bayon qilindi:
«Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi
tarkibi
Axmedxadjayev A.I. — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Jamg‘arma Kengashi raisi
lavozimiga ko‘ra — Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
Pak V.Yu. — Moliya vazirining o‘rinbosari
Islamova G.M. — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining o‘rinbosari (kelishuv bo‘yicha)
Iskandarov Sh.N. — AT «Aloqabank» boshqaruvi raisining o‘rinbosari
Mavzuga oid
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025