Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM-Uzbekistan’ga 1400 dollar evaziga ishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan shaxs ushlandi – Bosh prokuratura
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon mexanika zavodi ishchisi A. fuqaro G.dan uning tanishi R.ni “GM-Uzbekistan” AJda yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu korxonaga ishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 1400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:49 / 23.04.2021
«Tekshiruvchi ham, tekshiriluvchi ham bitta tuzilmada» - Nig‘matilla Yo‘ldoshev inspeksiyalar mustaqil emasligi haqida
14:18 / 23.04.2021
2020 yilda 106 ming gektar yer hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilgan – Bosh prokuratura
23:28 / 17.07.2020
BMT maxsus ma'ruzachisining O‘zbekiston prokuraturasi haqidagi xulosalari e'lon qilindi
08:27 / 30.06.2020