Jamiyat | 10:53 / 23.05.2018
8946
1 daqiqa o‘qiladi

Maktab direktori o‘rinbosari lavozimini va'da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Illyustrativ foto/ hibiny.com

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Buxoro shahar xalq ta'limi bo‘limi metodisti N. 29-sonli maktab o‘qituvchisi I.ni xalq ta'limi bo‘limida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu maktab direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlab qo‘yishni va'da berib, firibgarlik yo‘li bilan undan 500 AQSh dollarini olganligi aniqlangan. 

Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan shaxslar ushlanganini ma'lum qilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid