Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi - Bosh prokuratura
Farg‘ona viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani markaziy poliklinikasi “Narkologiya” bo‘limi hamshirasi R. va Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi S. fuqaro Z.ni mazkur universitetning jismoniy tarbiya fakulteti kunduzgi ta'lim bo‘limiga Toshkent shahridagi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, firibgarlik yo‘li bilan undan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan R. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:33 / 11.07.2026
G‘ijduvon hokimidan MSK raisigacha – kiberfiribgarlar kimlarni qanday chuv tushirgan?
10:20 / 11.07.2026
Qashqadaryoda firibgarlikda gumonlangan mutaxassis ushlandi
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
20:43 / 05.07.2026